Birinchi sentabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirish tartibi qanday bo‘ldi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishMigranti v aeroportu
Migranti v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
Obuna bo‘lish
Bu sanadan boshlab “Puteshestvuyu bez COVID-19” ilovasi orqali taqdim etilgan “yashil” status QR-kodini ko‘rsatish shart bo‘ladi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. 1 sentabrdan MDH mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish tartibi o‘zgaradi. Shu munosabat bilan Uzbekistan Airways AJ Rossiyaga borishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun kiritilayotgan yangi tartib xususida batafsil ma’lumot berdi.

Bu sanadan boshlab o‘zbekistonliklar “COVID-19siz sayohat qilaman” (Puteshestvuyu bez COVID-19) ilovasi orqali taqdim etilgan “yashil” status QR-kodini ko‘rsatishlari shart bo‘ladi.
QR-kodni olish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
App Store, Google Play, AppGallery (Huawei ilovalari do‘koni) orqali “Puteshestvuyu bez COVID-19” mobil ilovasini yuklash;
Mobil ilova yuklanganidan so‘ng uni ishga tushirish, til va geolokatsiyani tanlash;
Qaysi davlatdan qaysi davlatga ketayotganligingizni belgilash;
72 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda PZR-testini O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda topshirish. Laboratoriya xodimiga test natijasini “Puteshestvuyu bez COVID-19” mobil ilovasi orqali olmoqchi ekanligingizni xabar berish. Pasport va uning seriya raqamini kiritish;
Telefoningizdagi QR-kod orqali laboratoriya tomonidan berilgan test natijalarini skan qilish;
Chegarani kesib o‘tayotganingizda mas’ul xodimga QR-kodni telefoningiz ekrani orqali taqdim etish.
Ushbu ilovaning vazifasi koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning mamlakatlar o‘rtasida erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlashdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston laboratoriyalari YeOII hududi amal qilayotgan "Puteshestvuyu bez COVID-19" dasturiga qo‘shilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0