Jamiyat

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining hududiy filiallari tashkil etildi

© Spuntik / Dmitriy AstaxovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz)ga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.
TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz)ga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.
Markaz, jumladan, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlarini ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar bilan doimiy ravishda taʼminlab boradi.
Qaror bilan Markaz tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi:
Sanoat klasterlari faoliyatini rivojlantirish shoʻʼbasi;
IT-texnologiyalarni joriy etish va maʼlumotlar bazasini integratsiyalash shoʻʼbasi;
Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing shoʻʼbasi.
Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida Markazning hududiy filiallari tuzildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala