Manba: marshal Do‘stum O‘zbekistonda

© AFP 2023 / NOORULLAH SHIRZADARashid Dustum
Rashid Dustum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
Obuna bo‘lish
Manbaning ta’kidlashicha, hozirda O‘zbekiston tomoni marshal Abdul Rashid Do‘stum bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Obro‘li harbiy va asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan afg‘onistonlik marshal Abdul Rashid Do‘stum kecha Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegarasini kesib o‘tdi va hozir vaqtincha O‘zbekiston hududida bo‘lib turibdi. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.
“Do‘stum kuni kecha o‘zbek-afg‘on chegarasini kesib o‘tgan bir guruh harbiylar bilan vaqtincha O‘zbekiston hududida bo‘lib turibdi”, - degan manba.
Manbaning ta’kidlashicha, hozirda O‘zbekiston tomoni marshal Abdul Rashid Do‘stum bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Ular mazmuni ochiqlamayapti.
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
TIV Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagani haqida ma’lum qildi
O‘zbekiston tomoni bu xabarni hozircha tasdiqlamagan va rasmiy bayonot bermagan.
Avvalroq 14-avgust kuni Afg‘oniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruh O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tgani va DXX Chegara qo‘shinlari chegara otradlari tomonidan qo‘lga olingan edi.O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, chegarani buzganlar qarshilik ko‘rsatmagan va ko‘makka muhtojligini bildirgan, jumladan, 3 nafar yaralangan shaxsga tibbiy yordam so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0