Jamiyat

Muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi

© Komitet po delam ReligiyMuftiy Uzbekistana Usmonxon Alimov
Muftiy Uzbekistana Usmonxon Alimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon oʻgʻli Alimov hazratlari ogʻir xastalikdan soʻng 71 yoshda vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.
Idora muftiy Usmonxon Alimovning oila aʼzolari, farzandlari, safdoshlari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Muftiy Moskva shahrida joylashgan klinikalardan birida davolayotgan edi. Xususan, u oʻpka va qon-tomir kasalliklari, oʻpka pnevmoniyasidan davolanayotgan edi.
Muftiy hazratlari Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. 1982-1983 yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983-1987 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida, 1989-1990 yillarda esa Marokashning “Karaviyn” dorilfununida tahsil olgan.
Usmonxon Alimov Payariq tumanida joylashgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980-1982 yillarda imom-noib, 1987-1989 yillarda, soʻngra yana 1990-2006 yillar mobaynida ushbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritgan.
2000-2006 yillarda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, bosh imom-xatibi boʻlib mehnat qilgan. 2006 yildan buyon esa Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala