O‘zbekiston 84 nafar afg‘on harbiy xizmatchilarini qabul qildi – TIV

© AP Photo / EFREM LUKATSKYGranitsa Uzbekistana i Afganistana
Granitsa Uzbekistana i Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston fuqarolarining vataniga qaytishi va “Termiz-Hayraton” ko‘prigi hududidagi vaziyatni tartibga solish borasida Afg‘oniston tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. 14 avgust kuni Afg‘oniston bilan Davlat chegarasining bo‘linmalaridan birida Afg‘oniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruh davlat chegarasini kesib o‘tgan va DXX Chegara qo‘shinlari chegara otradlari tomonidan qo‘lga olindi.
O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, chegarani buzganlar qarshilik ko‘rsatmagan va ko‘makka muhtojligini bildirgan, jumladan, 3 nafar yaralangan shaxsga tibbiy yordam so‘ragan.
Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonning mazkur fuqarolari bilan zarur tekshiruv jarayonlari va sanitariya-epidemiologiya tadbirlari o‘tkazildi, ularning ayrimlariga tibbiy yordam ko‘rsatildi, shuningdek, oziq-ovqat va ularning vaqtincha joylashishi tashkil etildi.
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2021
Ashraf G‘ani afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqdi
Shu bilan birga, Termiz-Hayraton ko‘prigining Afg‘oniston qismida Afg‘oniston hukumat kuchlarining harbiy xizmatchilari to‘plangani qayd etildi. Bu shaxslarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
Vazirlik Afg‘oniston fuqarolarining vataniga qaytishi va “Termiz-Hayraton” ko‘prigi hududidagi vaziyatni tartibga solish borasida Afg‘oniston tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda.
Bundan tashqari, 14-avgust kun davomida “Termiz-Mozori-Sharif” temir yo‘l uchastkasida xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish tashkil etildi.
“Ta’kidlash joizki, davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda, barcha zarur xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Termizda xavfsizlik idoralari rahbarlari va davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat tezkor shtab joylashtirilgan”, - deyilgan xabarda.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2021
“Tolibon”* vakili: vaziyat hukumatning nazorati ostidan to‘liq chiqdi
Avvalroq OAVda “Tolibon”* harakati jangarilari Afg‘onistonning O‘zbekistonga eng yaqin (Termizgacha 100 km) yirik shahri Mozori-Sharifni egallab olgani, shahar rahbariyati va qo‘mondon Rashid Do‘stum O‘zbekiston chegarasi tomon chekingani haqidagi xabarlar tarqalgandi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0