Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan chegarani qoʻriqlashni kuchaytirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVoyennыe ucheniya Uzbekistan-Rossiya
Voyennыe ucheniya Uzbekistan-Rossiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Respublika Mudofaa vazirligi, IIV va Milliy gvardiya boʻlinmalari jangovar navbatchilikka oʻtkazilgan.
TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Chegara qoʻshinlari Afgʻonistondagi soʻnggi voqealar ortidan qoʻshni davlat bilan chegarani kuchaytirilgan rejimda qoʻriqlamoqda. Barcha zaruriy xavfsizlik choralari koʻrilgan. Bu haqda RIA Novosti mamlakat DXX Chegara qoʻshinlari vakili soʻzlariga tayangan holda xabar bermoqda.
“Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashi bilan chegara qoʻshinlarining Surxondaryo viloyatidagi qismi kuchaytirilgan rejimga oʻtkazilgan”, - degan Chegara qoʻshinlari vakili.
Uning soʻzlariga koʻra, respublika Mudofaa vazirligi, IIV va Milliy gvardiya boʻlinmalari jangovar navbatchilikka oʻtkazilgan.
Granitsa Uzbekistana i Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston 84 nafar afgʻon harbiy xizmatchilarini qabul qildi – TIV
Agentlik suhbatdoshi Termizda oʻzbek-afgʻon chegarasidagi soʻnggi voqealar munosabati bilan tezkor shtab tuzilganini eslatgan.
Oʻzbekiston TIV maʼlumotlariga koʻra, kecha “Termiz-Hayraton” koʻprigi hududidagi Afgʻoniston hukumat kuchlarining toʻplanishi kuzatilgan. 15 avgust soat 10.00 holatiga koʻra, Termiz-Hayraton koʻprigi hududida vaziyat yumshagan. Xususan, koʻprikning Afgʻoniston qismida toʻplangan Afgʻoniston fuqarolarining asosiy qismi koʻprikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala