Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

TIV Termiz-Hayraton koʻprigi hududida vaziyat yumshagani haqida maʼlum qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Koʻprikning Afgʻoniston qismida toʻplangan Afgʻoniston fuqarolarining asosiy qismi koʻprikni mustaqil ravishda tark etgan.
TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. 15 avgust soat 10.00 holatiga koʻra, Termiz-Hayraton koʻprigi hududida vaziyat yumshadi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV xabar berdi.
Xususan, koʻprikning Afgʻoniston qismida toʻplangan Afgʻoniston fuqarolarining asosiy qismi koʻprikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.
Taʼkidlanishicha, bunga faol siyosiy va diplomatik saʼy-harakatlar, shuningdek, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida erishildi.
Granitsa Uzbekistana i Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston 84 nafar afgʻon harbiy xizmatchilarini qabul qildi – TIV
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Afgʻoniston fuqarolarining vataniga qaytishi va “Termiz-Hayraton” koʻprigi hududidagi vaziyatni tartibga solish borasida Afgʻoniston tomoni bilan muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala