TIV Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagani haqida ma’lum qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
Obuna bo‘lish
Ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni mustaqil ravishda tark etgan.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. 15-avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.
Xususan, ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.
Ta’kidlanishicha, bunga faol siyosiy va diplomatik sa’y-harakatlar, shuningdek, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida erishildi.
Granitsa Uzbekistana i Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
O‘zbekiston 84 nafar afg‘on harbiy xizmatchilarini qabul qildi – TIV
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Afg‘oniston fuqarolarining vataniga qaytishi va “Termiz-Hayraton” ko‘prigi hududidagi vaziyatni tartibga solish borasida Afg‘oniston tomoni bilan muzokaralar olib borayotgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0