Tolibon* Mozori–Sharifni egallab oldi - OAV

© AFP 2023 / WAKIL KOHSARVoorujennie lyudi v Afganistane
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda Tolibon* Afg‘oniston shimolidagi 4ta viloyat markazlarini egallab olgan edi, Mozori-Sharif so‘nggi istehkom bo‘lib turgan edi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Tolibon* harakati jangarilari Afg‘onistonnig O‘zbekistonga eng yaqin (Termizgacha 100km) yirik shahri Mozori-Sharifni egallab oldi, shahar rahbariyati va qo‘mondon Rashid Do‘stum O‘zbekiston chegarasi tomon chekindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Assoshieyted Pressga asosan.
Mahalliy fuqaro so‘zlariga ko‘ra, Tolibon*ga dastlab Balx viloyati hududida joylashgan hukumat qo‘shinlari taslim bo‘lishgan, keyin esa shahardagi kuchlar. Ayni damda Tolibon shahar markazi, gubernatorning ofisi va boshqa muhim obyektlarni egallab olgan.
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2021
Ashraf G‘ani afg‘on xalqiga murojaat bilan chiqdi
Undan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videlavhalarga ko‘ra, Rashid Do‘stum va uning tarafdorlari katta kolonna bo‘lib O‘zbekiston chegarasi tomon chekinishgan va ayni damda ular Hayraton postida, O‘zbekiston hukumati ruxsatini kutishmoqda. Lekin, hozircha ushbu ma’lumot rasmiy manbaalar tomonidan tasdiqlangani yo‘q.
So‘ngi bir necha kun ichida, mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani BMTdan Afg‘onistondagi vaziyatga zudlik bilan aralashishni, AQSh rahbariyatidan hukumat qo‘shinlarini havodan qo‘llab-quvvatlashni biri necha bor so‘ragan edi, lekin u tomondan hech qanday harakatlar bo‘lmadi.
So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Qobuldan o‘z elchixonasini zudlik bilan evakuatsiya qilish uchun qisqa vaqtga Afg‘onistonga 3000 nafar askarlarni yuborishga qaror qilgan.
Ayni damda Tolibon Afg‘onistondagi 34ta viloyat markazlaridan 25tasini egallab olgan.
* — Rossiya va dunyoing boshqa davlatlarida ta’qiqlangan terrrochi harakat.
Yangiliklar lentasi
0