Jamiyat

“UzAirways” Mustaqillik bayramida 50 foizgacha chegirma joriy etadi

© SputnikBoing 767
Boing 767 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ Mustaqillik bayrami munosabatati bilan 1 sentyabrdan 5 sentyabriga qadar Oʻzbekiston boʻylab amalga oshirilayotgan ichki reyslar aviachiptalariga 30 foizdan 50 foizgacha chegirma berishini maʼlum qildi.
Maxsus chegirmalar barcha aviachiptalarga amal qilib, faqat quyidagi shaxslarga taqdim etiladi;
yakka tartibdagi yoʻlovchilar 30%;
turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), oʻquvchilar, kollej, litsey, OTM talabalari, Oʻzbekiston IIB, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlari talabalari va eshituvchilari va boshqa idoralar uchun 40%;
oila uchun 50% (2 va undan ortiq, yaʼni: eru-xotin va ularning 18 yoshdan oshmagan farzandlari, ota va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari yoki ona va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari);
nafaqaxoʻrlar uchun 50%;
nogironligi bor shaxslarga 50%;
1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun 50%;
1941-1945 yillardagi urush davrida frontortida fidokorona mehnati va urush maydonida benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun 50%;
Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun 50%.
Yuqorida koʻrsatilgan chegirmalar chaqaloqlar va 2 yoshga toʻlmagan bolalarga amal qilmaydi. 2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga chegirmalardan faqatgina 1 tasini qoʻllash mumkin. Chegirmalarni boshqa chegirmalar bilan qoʻllash mumkin emas. Yoʻlovchilar aviachipta xarid qilayotganlarida shaxsni tasdiqlovchi xujjatlarni taqdim etishlari shart.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala