Jamiyat

Asadov Afgʻoniston bilan bogʻliq voqealar haqida turli mish-mishlar tarqatmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov
Press-sekretar  prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Afgʻoniston mavzuda spekulyatsiya yoʻl qoʻymaslik zarurligini taʼkidladi.
TOSHKENT, 16 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Afgʻonistondagi vaziyatni yoritishda turli mish-mishlar tarqatmaslikka chaqirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning soʻzlariga koʻra, haqiqatdan bugungi kunda Afgʻonistonda roʻy berayotgan voqealar hammaning diqqat markazida va OAVlar ularni tezkor yoritishga harakat qilyapti.

“Bu mavzuda spekulyatsiyaga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Har xil gaplar va tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslik kerak. Rasmiy axborotlar oʻz vaqtida berib boriladi”, - dedi Asadov brifing davomida.

Davlat rahbari matbuot kotibi tegishli idoralar tomonidan bu mavzuga oid soʻnggi ishonchli maʼlumotlar jamoatchilikka oʻz vaqtida yetkazib berilishi taʼminlanishini bildirdi.
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
TIV Termiz-Hayraton koʻprigi hududida vaziyat yumshagani haqida maʼlum qildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala