Asadov Afg‘oniston bilan bog‘liq voqealar haqida turli mish-mishlar tarqatmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov
Press-sekretar  prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Afg‘oniston mavzuda spekulyatsiya yo‘l qo‘ymaslik zarurligini ta’kidladi.
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Afg‘onistondagi vaziyatni yoritishda turli mish-mishlar tarqatmaslikka chaqirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, haqiqatdan bugungi kunda Afg‘onistonda ro‘y berayotgan voqealar hammaning diqqat markazida va OAVlar ularni tezkor yoritishga harakat qilyapti.

“Bu mavzuda spekulyatsiyaga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Har xil gaplar va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik kerak. Rasmiy axborotlar o‘z vaqtida berib boriladi”, - dedi Asadov brifing davomida.

Davlat rahbari matbuot kotibi tegishli idoralar tomonidan bu mavzuga oid so‘nggi ishonchli ma’lumotlar jamoatchilikka o‘z vaqtida yetkazib berilishi ta’minlanishini bildirdi.
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
TIV Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshagani haqida ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0