Siyosat

Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

© AP PhotoNavodneniya na severe Turtsii
Navodneniya na severe Turtsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Turkiyaning shimoliy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgan.
TOSHKENT, 16 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning shimoliy viloyatlarida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari butun Turkiya xalqiga, shuningdek, halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga hamdardlik va dalda soʻzlarini yetkazishni soʻradi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Turkiya shimolida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida qurbon boʻlganlar soni 70 nafarga yetgan. Binolar va infratuzilma obʼyektlariga katta ziyon yetgan. Qurbonlar, xususan, Kastamonu, Sinop va Bartin viloyatlarida qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala