Jamiyat

Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston hududida afgʻon Qurolli kuchlari samolyoti qulaganini tasdiqladi

© AP Photo / Rahmat GulSamolet afganskix VVS
Samolet afganskix VVS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Qayd etilishicha, samolyot Oʻzbekiston davlat chegarasini buzishga uringan.
TOSHKENT, 16 avg – Sputnik. Afgʻoniston Qurolli kuchlari Oʻzbekiston havo chegarasini buzdi va respublikaning Surxondaryo viloyati hududida quladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
“Bu hodisa roʻy bergan. Davlat chegarasini buzishga urinish holatining oldi olingan. Bu voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qurbonlar yoʻq”, - deyilgan Sputnik nashriga taqdim etilgan maʼlumotlarda.
Taʼkidlanishicha, surishtiruv yakunlangandan soʻng Oʻzbekiston havo maydonini qoʻriqlashni kuchaytirish toʻgʻrisida qaror qilinadi.
RIA Novostining yozishicha, qulagan samolyotning ikki uchuvchisi omon qolgan va ular hozir Termizdagi kasalxonada davolanmoqda. Ularning ahvoli ogʻirligi aytilmoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Afgʻoniston Harbiy havo kuchlarining belgisiga ega samolyot 15 avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida qulab tushgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov Sputnik muxbiriga mazkur holat oʻrganilayotganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala