Jamiyat

Prezident muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMuftiy Usmonxon Alimov
Muftiy Usmonxon Alimov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Oʻzbekiston hukumati muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
TOSHKENT, 16 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Usmonxon Alimov davlatimiz va xalqimiz oldidagi unutilmas xizmatlari, jamiyatimizda bagʻrikenglik va dinlararo totuvlik muhitining mustahkamlanishiga qoʻshgan munosib hissasi uchun ‘El-yurt hurmati’ ordeni bilan taqdirlangan edi. Xalqimizning ajoyib farzandi, mashhur ulamo, atoqli jamoat arbobi, yoshlarning mehribon ustozi, kamtarin va samimiy inson Usmonxon Alimovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov shu yil 15 avgust kuni 71 yoshida vafot etgan edi.
Alimov 1950 yil 1 yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tugʻildi. 1982—1983 yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983—1987 yillarda Toshkent islom institutida, 1989—1990 yillarda Marokash davlatining Qaraviyyin universitetida tahsil oldi.
U Islom dini asoslarini, arab va fors tillarini chuqur egallab, 1980—2006 yillarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidida imom noibi, imom-xatib vazifalarida samarali faoliyat olib bordi.
Usmonxon domla oʻzini “Imom Buxoriyning xodimi” deb hisoblar va bunday sharafli nom bilan doimo faxrlanar edi. U birinchilardan boʻlib ‘Imom Buxoriy barakoti’ asarini yozgan yetuk ulamo.
Glava Upravleniya musulman Uzbekistana Usmonxon Alimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Jamiyat
Muftiy Usmonxon Alimovning dafn marosimi Samarqandda boʻlib oʻtadi
2000—2006 yillarda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi lavozimida sidqidildan mehnat qilib, katta bilim va hayotiy tajribasini ezgu amallarga safarbar etdi.
Usmonxon Alimov 2006 yili Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi. Oʻtgan davr mobaynida u respublikada ijtimoiy-maʼnaviy, diniy-maʼrifiy muhit barqarorligini taʼminlash, Islomning insonparvarlik mohiyatini asrash va keng targʻib etish, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat va bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash ishiga beqiyos hissa qoʻshdi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasida soʻnggi yillarda amalga oshirilgan diniy sohadagi islohotlar, xususan, yangi madrasa va masjidlarning ochilishi, Qurʼon oʻqitish kurslarining tashkil qilinishi, Qurʼoni karimning arab va oʻzbek tillarida chop etilishi, idora qoshida axborot markazining tashkil etilishi, “Vaqf” xayriya jamoat fondining faoliyatini yoʻlga qoʻyish, musulmon mamlakatlari va xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarning mustahkamlanishi kabi xayrli ishlarda muftiy hazratning xizmatlari katta boʻldi.
U 2012 yilda Islom olami uyushmasi taʼsis majlisining aʼzosi hamda Butundunyo ulamolar kengashi aʼzosi etib saylandi. Soʻnggi yillarda Iordaniyaning Islomiy strategik tadqiqotlar markazi tomonidan eʼlon qilinadigan “Jahonning eng nufuzli 500 musulmoni” roʻyxatidan munosib oʻrin egalladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala