Prezident muftiy Usmonxon Alimov xonadoniga borib, uning oilasiga ta’ziya bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil dom Usmonxona Alimova, virazil soboleznovaniya yego semye
Shavkat Mirziyoyev posetil dom Usmonxona Alimova, virazil soboleznovaniya yego semye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Obuna bo‘lish
“Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov xonadoniga tashrif buyurib, marhumning oila a’zolariga hamdardlik hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbarining tashrifi, hamdardlik so‘zlari og‘ir judolikka uchragan ko‘ngillarga taskin bo‘ldi. Marhumning haqiga duo qilindi.
“Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar. Bilimi, mehnatsevarligi, kamtarinligi bilan elimizda obro‘ topgan edilar. Bu balo butun dunyoga azob olib keldi, qancha yo‘qotishlar bo‘layapti. Qo‘limizdan kelgan hamma harakatni qildik. Lekin Allohning irodasi ekan. Ilohim, joylari jannatda bo‘lsin. U kishini yaxshi nom bilan eslab, ishlarini davom ettirib, ruhlarini shod qilaylik”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 15-avgust kuni xastalik tufayli vafot etdi.
Glava Upravleniya musulman Uzbekistana Usmonxon Alimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2021
Muftiy Usmonxon Alimovning dafn marosimi Samarqandda bo‘lib o‘tadi
Usmonxon Alimov 1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, Toshkent islom institutida, Marokash davlatining Qaraviyyin universitetida tahsil olib, islom dini asoslarini, arab va fors tillarini chuqur o‘rgangan.
U 1980-2006 yillarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidida imom noibi, imom-xatib vazifalarida ishlagan. 2000-2006 yillarda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi bo‘lgan.
Usmonxon Alimov 2006-yildan buyon O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0