Kolumnistlar

Shok va dahshat: dunyo Afgʻonistonda oʻz taqdirini koʻrdi

© AP Photo / Gulabuddin AmiriBoyeviki dvijeniya Taliban (Zapreщeno v RF)
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapreщeno v RF) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Shanba kuni kechga tomon tahlilchilar Afgʻonistonga qaytarilayotgan 5 ming nafarga yaqin amerikalik harbiylar toliblarning gʻalabali yurishini qanchaga kechiktira olishi mumkinligini muhokama qilar edilar.
Tegishli buyruq kecha Jo Bayden tomonidan berilgan boʻlib, AQSH rahbari oʻzining ushbu qarorini son jihatdan qisqartirilayotgan diplomatik xodimlarning xavfsizligini taʼminlash zarurati bilan izohlagan edi.
Garchi hech kim oxir-oqibat mamlakatdagi hukumat "Tolibon" harakati nazorati ostiga oʻtishiga shubha qilmagan esa-da, AQSH prezidenti qarori bu voqeani qanchalik uzoqlashtira olishi mumkinligi toʻgʻrisida turli fikr-mulohazalar ilgari surilardi. Berilgan baholarning aksariyatida muddat bir necha haftadan tortib ikki oygacha boʻlishi mumkinligi chamalagan edi.
Stranы mira. Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Afgʻonistondagi urush yakunlanganini eʼlon qildi
Yakshanba kuni ertalab esa ushbu jamiki ekspertlar va shunga oʻxshashlarning prognozlarini axlat qutisiga uloqtirish mumkinligi ayon boʻlib qoldi. Gʻarbning "Tolibon"*ga qarshi kurash va Afgʻonistonni gʻarblashtirishga sarflagan yigirma yillik sayi-harakatlari bir kunda, sanoqli soatlar ichida xuddi kartadan yasalgan uycha singari toʻkilib ketdi.
Yuz berayotgan voqealarning koʻlami va tezligi shundayki, garchi bunday yakun avval boshdan hammaga ayon boʻlgan boʻlsa -da, bugungi voqealar barchada shok, sarosima va qoʻrquvni keltirib chiqargan edi. Bu qoʻrquv shunchalik ulkan ediki, butun dunyo koʻz oldida ulkan sharmandali muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechirayotgan Qoʻshma Shtatlar nomiga yogʻdirilayotgan zaharli-ichiqoralik ila aytilayotgan izohlar deyarli eshitilmadi hatto.
Shubhasiz, bu yerda amerikaliklar oʻrniga kim kelayotgani va bu bilan bogʻliq dahshatli oqibatlarni anglash muhim rol oʻynaydi. Toliblarning oldingi hukumatga xizmat qilganlarga nisbatan qatagʻon oʻtkazmaslik borasida bergan vaʼdalariyu, ayollarning jamiyatdagi oʻrni borasidagi pozitsiyani yumshatishlari haqidagi bayonotlariga qaramay, oldinda Afgʻonistonni shafqatsiz jazolar va qatllar kutmoqda. Afgʻon ayollarining taqdiriga esa avvalgidek havas qilib boʻlmaydi.
Stranы mira. Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Hodisalar
Surxondaryoda Afgʻoniston harbiy samolyoti qulab tushgani haqidagi xabar oʻrganilmoqda
Eskilik zamonaviy tsivilizatsiyani yengdi — Gʻarbga boʻlgan munosabatdan qatʼiy nazar, ushbu faktga xursand boʻlib boʻlmaydi.
Biroq, gap faqatgina shafqatsiz va qonli afgʻon haqiqatlari, yoki olis oʻrta asrlarga qaytayotgan baxtsiz mamlakat fuqarolariga hamdardlikda ham emas.
Yakshanba kungi voqealar shu jihati bilan hayratlanarli ediki, ular butun dunyoga AQSH global gegemonligining yakuniy qulashi qanday boʻlishi mumkinligi va hatto, qanday boʻlishi haqida aniq tasavvur berdi.
Oʻttiz yil oldin, SSSR oʻz faoliyatini toʻxtatdi va oʻsha paytdagi voqeliklarda shu kunga qadar bir narsa juda katta qiziqish uygʻotib keladi - oʻsha vaqtdagi voqealar qanchalik shiddat va oʻzgartirib boʻlmaydigan darajada yuz bergani. Loʻnda qilib aytganda, kechagina dunyoning yarmida hukmronlik qilgan jahon superderjavasi boʻlgan joyda, oradan bir necha oy oʻtib, xaosga burkangan va koʻpincha qonga belanayotgan yangi davlat tuzilmalari konglomerati vujudga kelgan edi.
Odatda, nega hammasi bunday roʻy bergani sabablari haqida fikr yuritadilar. Fikrlar orasida tizim toʻliq ichdan chirib boʻlgani, oxiri boʻlib fasad qulagani keltiriladi.
Prezident Afganistana Ashraf Gani  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Ashraf Gʻani Oʻzbekistonda ham, Tojikistonda ham, Qozogʻistonda ham emasligi aytildi
Ammo shu fakt muhimki, koʻpincha xuddi shunday yuz beradi: yengib boʻlmasdek koʻringan tizim yashin tezligida odamlar boshiga bir chelak suv quygandek kutilmaganda darz ketadi, va eng yomon voqealarning oldini olishga mitti imkoniyat ham qolmaydi.
Inson shunchaki qum zarrasiga aylanadi, tarix shtormi uni barcha dahshatlar, buzgʻungarchilik va ajal orasidan uchirib oʻtadi.
Hozirda sodir boʻlayotgan voqealar, AQShning global gegemonlik maqomini yoʻqotishi aynan mana shu stsenariy asosida roʻy berishi mumkinligini koʻrsatib turibdi - bunda Qoʻshma Shtatlar superderjava maqomidan boshqa geosiyosiy kuchlar tomonidan funktsiyalar, instrumentlar va boshqa richaglarning sekin-asta tortib olinishi bilan "taxtdan" tushirilmaydi, balki hammasi ortga qaytarib boʻlmas shiddatli qulashga aylanadi.
Press-sekretar  prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Jamiyat
Asadov Afgʻoniston bilan bogʻliq voqealar haqida turli mish-mishlar tarqatmaslikka chaqirdi
Soʻnggi oʻn yillar davomida Afgʻoniston dunyoning katta qismi uchun oʻta tushunarsiz boʻlgan hududga aylangan edi, u doimo urushar, va ancha eskicha qoidalar asosida kun kechirardi.
Shu bois unga nisbatan samimiy his-tuygʻularni ifodalash ogʻir kechardi. Shu tariqa, u yerdan kelayotgan yangiliklar, hatto eng fojialisi ham, odatga koʻra, rasmiy munosabatnigina uygʻotardi: "Ha, ha, bu dahshat, choy uchun shirinlik olishni unutmaylik-a".
Yakshanba kungi voqealar esa butun dunyo boʻylab koʻpchilik odamlarni afgʻonlarni anglashga majburladi. Hatto koʻpchilik odamlarning eti junjikib ketdi.
Ular yashaydigan davlatda "Tolibon"* yoʻq, ammo ularning kundalik hayotlarida AQShning roli juda ulkan. Kimlar uchundir u yetakchi savdo sherigi, boshqalar uchun — geosiyosiy syuzeren, uchinchilar uchun — bosqinchi kuch, toʻrtinchilar uchun — milliy iqtisodiyoti uzil-kesil bogʻliq boʻlgan jahonning bosh valyutasi emitentidir.
Bu odamlarning hammasi hozir oʻzlariga: agar AQSH qudrati boshqa sohalarda ham shu darajada shiddat bilan qulasa nima boʻladi - yaʼni bu aynan ularga qanday taʼsir qiladi, degan savolni bermasliklari mumkin emas.
Hozirgi kunda millionlab odamlar bu miqyosdagi geosiyosiy falokatlar siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy tsunamilarga olib kelishini, bu tsunamilar har tomonga yoyilib, eng farovon va tinch hududlargacha yetib borishini anglab yetdilar. Ular bu anglashni oʻz hayotlariga qiyosladilar va qoʻrqib ketdilar.
Boyevik Talibana* na ulitse v afganskom gorode Gerat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Foto
Hukumat oʻzgargan Afgʻonistondagi vaziyat qanday
Sovet Ittifoqi qulashini boshdan kechirgan Rossiya uchun sodir boʻlayotgan voqealar 30 yil oldin boshdan kechirganimizdan ham kattaroq ofatlar butun dunyoga raxna solayotgani haqidagi aniq ogohlantirishga aylandi.
Toʻgʻri, biz uchun yaxshi yangilik ham bor.
Agar inson yakka oʻzi bu darajadagi koʻlamdor tarix chaqiriqlarini chetlab oʻta olmasa, va u bu chaqiriqlar harakat maydonida boʻlib qolsa, butun boshli mamlakatlarda bunday imkoniyat mavjud. Ular buning uchun, shu jumladan, yuqori darajadagi mavjudlikni avtonom saqlab qolish layoqatiga ega boʻlish bilan bir qatorda - tish-tirnogʻicha qurollangan boʻlishlari talab etiladi.
Rossiya, maʼlum boʻlganidek, ikkala yoʻnalishda ham faol faoliyat olib boradi.
*Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi uyushma.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala