Hodisalar

Sud Jahongir Otajonovni javobgarlikdan ozod qildi

Jaxongira Atadjanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Shayxontohur tuman sudi Jahongir Otajonovga nisbatan hukm chiqardi.
TOSHKENT, 16 avg – Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudida Jahongir Otajonovga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik ishi koʻrib chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlarining rasmiy kanali xabar bermoqda.
Sud majlisida huquqbuzar aybiga iqrorligi, qilgan ishidan pushaymonligi, oʻziga tegishli xulosa qilganini aytib, kechirim soʻraganini maʼlum qilgan. Shuningdek, Otajonov suddan yengillik berishni soʻragan.
Sud sobiq xonandaning harakatlarida Oʻzbekiston MJtKning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topgan.
Djaxongir Atadjanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Hodisalar
Davlat organlari xizmatchilarini haqorat qilgan Jahongir Otajanovning harakati tekshiriladi
Sud uni MJtKning 21-moddasiga (Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish) asosan javobgarlikdan ozod qilib, ogohlantirish bilan kifoyalanishni lozim topgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq davlat organlari xizmatchilarini haqorat qilgan Jahongir Otajonovning ishi sudga oshirilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala