Hodisalar

Surxondaryoda Afgʻoniston harbiy samolyoti qulab tushgani haqidagi xabar oʻrganilmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishStranы mira. Afganistan
Stranы mira. Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Sherobod tumanida Afgʻoniston Harbiy havo kuchlarining belgisiga ega samolyot qulab tushgani aytilmoqda.
TOSHKENT, 16 avg – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Afgʻoniston Harbiy havo kuchlarining belgisiga ega samolyot 15 avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida qulab tushgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorovning Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, mazkur holat oʻrganilmoqda.
“Voqea joyidan bizga maʼlumot yoʻllashyapti. Bir soat ichida rus va oʻzbek tilida bayonot beramiz”, - dedi Zulfiqorov.
Uning qoʻshimcha qilishicha, mutaxassislar bu xabarni oʻrganish uchun yoʻlga chiqishgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala