Surxondaryoda Afg‘oniston harbiy samolyoti qulab tushgani haqidagi xabar o‘rganilmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishStrani mira. Afganistan
Strani mira. Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Obuna bo‘lish
Sherobod tumanida Afg‘oniston Harbiy havo kuchlarining belgisiga ega samolyot qulab tushgani aytilmoqda.
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston Harbiy havo kuchlarining belgisiga ega samolyot 15-avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida qulab tushgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorovning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, mazkur holat o‘rganilmoqda.
“Voqea joyidan bizga ma’lumot yo‘llashapti. Bir soat ichida rus va o‘zbek tilida bayonot beramiz”, - dedi Zulfiqorov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mutaxassislar bu xabarni o‘rganish uchun yo‘lga chiqishgan.
Yangiliklar lentasi
0