Hodisalar

Toshkent viloyatida qariyb 50 kishi muzqaymoqdan zaharlandi

© SS0 / Unsplash / Hello I'm NikMorojenoye, illyustrativnoye foto
Morojenoye, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Olmaliqda Z6, Ohangaronda esa 13 kishi muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
TOSHKENT, 16 avg – Sputnik. Toshkent viloyati Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Z6 nafar bemor muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish tashxisi bilan yotqizildi.
Shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, ularning 31 nafariga ahvoli yaxshi boʻlgani bois uyiga ruxsat berilgan. Yana besh nafar bemor davolanishda, ahvoli oʻrtacha.
Bundan tashqari, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga shu tashxis bilan yotqizilgan 13 nafar bemor mavjud. Ayni paytda ularning holati oʻrtacha ogʻir, muolajalar davom ettirilmoqda.

“Haqiqatan ham xususiy tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoq bu vaziyatga sababchi boʻlgani aniqlangan. Bu tadbirkorlik subʼyekti Olmaliq shahrida joylashgan”, - deyilgan xabarda.

Hozirda holat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli xulosalar mutasaddilarga berilgan. Epidemiologik surishtiruvlar davom ettirilmoqda.
Detskiy sad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Hodisalar
Toshkent viloyatida bogʻcha tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani aytilmoqda - tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala