Jamiyat

Toshkentda Polgar va Anand qatnashgan xalqaro turnir yakunlandi

© Fond mass-mediaTurnir Zakovat-Gambit proshel s uchastiyem mirovыx zvyozd shaxmat v Tashkente
Turnir Zakovat-Gambit proshel s uchastiyem mirovыx zvyozd shaxmat v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Finalda jami 100 nafar ishtirokchilar chempionlik uchun bahs olib borishdi.
TOSHKENT, 16 avg - Sputnik. "Zakovat-Gambit" turnirida 4000 ga yaqin ishtirokchi roʻyxatdan oʻtdi va saralash bosqichida qatnashdi.
Saralash bosqichida 5 ta guruhdan eng yuqori ball toplagan 20 kishi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Finalda jami 100 nafar ishtirokchilar chempionlik uchun bahs olib borishdi.
© Fond mass-mediaTurnir Zakovat-Gambit proshel s uchastiyem mirovыx zvyozd shaxmat v Tashkente
Turnir Zakovat-Gambit proshel s uchastiyem mirovыx zvyozd shaxmat v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Turnir Zakovat-Gambit proshel s uchastiyem mirovыx zvyozd shaxmat v Tashkente
Ikki kun davomida dunyoning eng kuchli grossmeystrlari yosh shaxmatchilar uchun master-klass otkazishdi.
Jumladan, Vishvanatan Anand, Yudit Polgar, Rustam Qosimjonov, Timur Gareev va Gulruhbegim Tohirjonovalar bir paytning oʻzida 20 kishi bilan dona surishdi.
Maʼlumot uchun turnirning final bosqichida eng yosh shaxmatchi 7 yosh, eng yoshi ulugʻi esa 71 yoshli shaxmatchi ishtirok etishdi.
Turnir yakunlariga koʻra, oʻz guruhlarida yuqori pogʻonalarni egallagan shaxmatchilarga sovrinlar topshirildi.
1-oʻrin sohiblari 50 mln, 2-oʻrin 30 mln va 3-oʻrin egalari 20 mln soʻmdan pul mukofotlariga ega boʻlishdi.
Shuningdek, qizlar oʻrtasidagi musobaqalarda ajoyib ishtirok etgan 4 nafar qiz 20 mln soʻmdan pul mukofotiga ega boʻldilar. Eng yoshi ulugʻ ishtirokchiga 20 mln va eng yosh shaxmatchiga 10 mln soʻm pul mukofoti berildi.
A Guruh
🥇 Nodirbek Abdusattorov
🥈 Rustam Qosimjonov
🥉 Shamsiddin Vohidov
B Guruh
🥇 Azamat Daurimbetov
🥈 Tair Vahidov
🥉 Nikita Xoroshev
Eng yaxshi koʻrsatkich koʻrsatgan ayol qatnashchi Gulruhbegim Tohirjanova
S Guruh
🥇 Muhiddin Madaminov
🥈 Humoyun Bekmurodov
🥉 Almas Rahmatullayev
Eng yaxshi koʻrsatkich koʻrsatgan ayol qatnashchi Bahora Abdusattorova
D guruhi
🥇 Bahrom Bahrillayev
🥈 Asrorbek Omonov
🥉 Sarvarbek Olimjonov
Eng yaxshi koʻrsatkich koʻrsatgan ayol qatnashchi Afruza Hamdamova
E guruhi
🥇 Hondamir Elmirzayev
🥈 Abdurahmon Abdunazarov
🥉 Sherali Ravshanov
Eng yaxshi koʻrsatkich koʻrsatgan ayol qatnashchi Kamola Nurmatova
Eng yoshi ulugʻ qatnashchi uchun maxsus sovrin sohibi
Vladimir Vladimirov (71yosh)
Eng yosh qatnashchiga maxsus sovrin sohibi
Oriyat Obidjonov (7yosh)
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala