Kolumnistlar

AQSH Rossiyaning yaxshi insonlariga zarba berdi

© AFP / Shakib Rahmani Amerikanskiye soldatы v aeroportu Kabula
Amerikanskiye soldatы v aeroportu Kabula  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Kobul aeroportida yangi fojia avj oldi. Qoʻrquvdan dahshatga tushgan afgʻonlar uchish-qoʻnish yoʻlagini toʻldirib yuborishdi, amerikalik harbiylar “oq sohiblari” qochishini pana qilib, ularga qarata oʻt ochishdi. Bir necha kishi oʻldirildi.
TOSHKENT, 17 avg – Sputnik. Amerikaliklar Afgʻonistondan poyabzali va zirhli texnikasini yoʻqotib, juftakni rostalayotgan bir paytda ular tomonidan xonavayron qilingan mamlakatda haqiqiy fojia roʻy bermoqda. Uning syujeti, afsuski, yaxshi tanish. Istilo qilish davrida koʻplab afgʻonlar amerikalik harbiylar bilan hamkorlik qilishni boshlashdi. Hozir ular toliblarning* qasosidan dahshatga tushishmoqda.
Davka i panika: kak lyudi shturmuyut aeroport Kabula v nadejde ubejat iz Afganistana
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Video
Ur-yiqit, vahima: Afgʻonistondan qochib ketish ilinjidagilar Kobul aeroportiga hujum qilmoqda
Atigi bir necha kishi – amerikaliklar tomonidan mamlakat prezidenti etib tayinlanganga oʻxshashlar – zaxira aerodormdan chet elga qochib ketishga muvaffaq boʻldi. Qolgan kollaboratsionistlar amerikalik diplomatlardan ularga viza berishlarini soʻrab zora qilishdi, tushkunlikka tushishdi, boshqa elchixonalarga borib sargʻayishdi. Ammo yillar davomida oʻz kontingentini Afgʻonistonda ushlab turgan NATOga aʼzo mamlakatlar ittifoqdoshlariga omon qolish uchun kichik bir imkoniyat ham qoldirishmadi. Ular oʻzlari bilan ovora edi: narsalarini chamadonlarga joylashtirishdoʻi, elchixonalardagi hujjatlarni yoqishdi, samolyotlarga oʻtirib olishdi.
Kobul aeroportida yangi fojia avj oldi. Qoʻrquvdan dahshatga tushgan afgʻonlar uchish-qoʻnish yoʻlagini toʻldirib yuborishdi, amerikalik harbiylar “oq sohiblari” qochishini pana qilib, ularga qarata oʻt ochishdi. Bir necha kishi oʻldirildi.
Bu voqea yangilik emas. Amerikaliklar Saygondan xuddi shunday juftakni rostlashgandi. Oʻshanda ularga ishlagan janublik vyetnamliklar olomon boʻlib amerika elchixonasiga hujum qilgandi, ketayotgan amerikaliklar transporti ortidan oʻzini tashlaganda. Ular vatanida qolishdan va istilochilar farmoniga koʻra sodir etgan jinoyatlari uchun javob berishdan qoʻrquvga tushishgandi.
Bugungi kunda Iroqda amerikaliklar bilan ishlayotgan harbiy tarjimonlar partizanlar qoʻlidan muntazam oʻlim topayotgani haqidagi xabarlar tarqalib turadi. Koʻpincha ularga tahdid qila boshlashadi, ular amerika vizasini soʻrab murojaat qilishadi, ammo rad javobini olishadi. Tez orada kollaboratsionistni otib oʻldirilgan holda topishadi – baʼzan yaqinlari bilan birgalikda.
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapreщeno v RF) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Kolumnistlar
Shok va dahshat: dunyo Afgʻonistonda oʻz taqdirini koʻrdi
Hatto amerikalik harbiylar, dunyo da unchalik hissiyotganga berilmaganlar, oʻz hukumatidan ozgina boʻlsada insonparvarlik koʻrsatib, ular egallagan mamlakatlarda ularga ishlagan xodimlarga yordam berishni soʻrashadi. Biroq yoʻq, Shtatlar siyosati oʻzgarmasdan qolmoqda. Bu unga ishonganlarni doimo va namoyishkorona sotish.
Amerikalik kollaboratsionistlarning taqdiri, koʻrib turganimizdek, ayanchli. Nega ular safi hech kam kamaymaydi? Nima sababdan dunyoning turli mamlakatlaridan boʻlgan kishilar bu iflos va xavfli ishga jazm qilashadi? Boz ustiga nafaqat qashshoq Afgʻonistonda, balki bir paytlar farovon boʻlgan sovet Boltiqboʻyida?
Bu yerda gap shundaki, boʻlajak politsaylar amerika rejimi tomonidan butun dunyo boʻylab yetishtirilmoqda, uch bosqichda. Avvaliga bu shunchaki taraqqiy topayotgan global kundalik hayot tarafdorlari. Faollar, yaxshi narsa kurashchilari va yomon narsalarga qarshi boʻlganlar. Ulardan koʻpchiligi butun umri davomida oʻzining ajoyib ishlari bilan shugʻullanishadi va halol fuqaro boʻlib qolishadi. Biroq ularning bir qismi qaysidir payt anglaydiki, taraqqiyotning asosiy dushmani – qoʻqqisdan – ularning mamlakati va uning notoʻgʻri xalqi boʻladi.
Bu bosqichda faol oʻz xalqidan ajarib chiqishga urinadi. U dolzarb mavzular haqida gapirishda, chiqindilarni saralashda va oʻzining veganli lattesini ichishda davom etadi, ammo u bora-bora oʻzining tor bazmlarida qoʻgʻirchoqqa aylanib boradi. Bir vaqtning oʻzida u bugungi kunda yuzlab megapolislarda, Nayrobilan tortib Pekingacha, Buenos-Ayresdan tortib Moskagacha, yashayotgan oliy tabaqali kishilar qatorida boʻlishi kerakligini his qiladi.
V poiskax Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Infografika
Ashraf Gʻani qayerda?
Biroq yoʻllar oʻtadi, faol keksayadi, atrofdagi hech narsa oʻzgarmaydi. Mamlakat hali ham oʻsha, notoʻgʻri, xalq ham oʻsha, notoʻgʻri, u esa shunday oliy tabaqali yoqalari oq boʻlgan kiyim kiygan odamcha.
Mana shunda faolning uning mamlakatiga oxir-oqibat asosiy Demorkatiyadan toʻgʻri boʻlgan demokratlar kirishi haqidagi qasoskorona orzulari tugʻiladi. Ular faolni notoʻgʻr xalq ustidan gaulyaytor etib tayinlashadi. Yoki avval boshda hech boʻlmaganda politsay etib. U dollarda yaxshi maosh ola boshlaydi va idoralarga boʻysunuvchi xalqni kalaka qila boshlaydi.
Sobiq sovet hududidan boʻlgan politsaylarning bu orzulari ikki seriyada oʻynaladi. Birinchisida – taraqqiyotchilar amerikalik harbiylar yordamida oʻzining notoʻgʻri aholisini taʼzirini beradi. Ikkinchisida – Moskvaga qarab yurishadi.
Bunday fantaziyalarda bizning zamondoshlar oʻn yillab yashashadi. Oʻch olish, hasadgoʻylik, xoʻjayin orzusi – bu luzerning (omadsiz) birlamchi alomatlari, albatta. Ammo omadsizlik – bu hamyonning emas, balki miya holati.
Bu koʻplab jarayonlar koʻz oʻngimizda Ukraina, Gruziya, Boltiqboʻyi mamlakatlarida boʻlib oʻtdi. Uzoqqa borishning nima keragi bor? Bir paytlar jamoatchilikni “Urengoylik Kolya” voqeasi gʻazabini keltirgan edi. Chunki aynan shu voqead yaxshi rus bolasidan boʻlajak politsayga aylanish jarayoni yaqqol koʻringan edi.
Har zamonda amerikaliklar oʻz ittifoqchilarini chuv tushirib ketishadi: harbiy mojaro vaqtida yordamga kelishmaydi, misol uchun. 2008 yildagi gruzinlar yoki 2019 yildagi kurdlarni olib qarang. Nima boʻlsa ham, ittifoqchilar halok boʻlmoqda. Lekin ularning oʻrniga yangisi kelyapti.
Boyevik Talibana* na ulitse v afganskom gorode Gerat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Foto
Hukumat oʻzgargan Afgʻonistondagi vaziyat qanday
Amerikaliklarni mayda ishlar qiziqtirmaydi. Yugoslaviya taqdirini yodga oling. Yevropadagi poytaxt – Belgrad ustiga amerika bombalarining qulashi. Ular ham Miloshevich tarafdorlari, ham “Gʻarb qadriyatlari” muxlislarini teng ravishda oʻldirgandi. Bombapanohlarda qoʻrquvdan ham keksa kommunistlar, ham yosh globalchilar birdek titrardi. Oʻshanda ularni oq xoʻjayinlar qahridan hech narsa qutqarmagandi.
Afgʻonistonda nimalar roʻy berayotganiga qarab, Ukraina va Boltiqboʻyidagi elitalar gʻimirlab qolishdi, hayajonga tushib qolishdi. Kechirasiz, demak, amerikaliklar ketishi mumkin? Chamasi, shunday. Ukraina gaz quvurisiz dastagi boʻlmagan chamadon boʻldi qoldi. Boltiqboʻyilik yoʻlbarslarning hech vaqosi yoʻq, qarzdan tashqari. Ularning amerikaliklarga nima keragi bor oʻzi? Harbiy platsdarmalar Rossiyaga qarshi qanday qarshilik qiladi? Biroq, koʻrinishidan, hamkorlar bu ish umidsiz va telbanamo ekanligini anglashdi. Ha, ular oʻz ortidan vayronalar, depressiya va qashshoqlikni qoldirib, xohlagan paytda ketishlari mumkin.
Mujchina perevozit gazovыe ballonы. Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Notinchlik tufayli Afgʻonistonda suyultirilgan gaz narxi keskin oshdi
Qizil maydon boʻylab amerika tanklarida oʻtishni shunchalik orzu qilgan politsaylarning tarvuzi qoʻltigʻidan tushdi va oʻtakalari yorildi. Tepadagilar, ayonki, uchun qulaygina zaxira aerodromlarni hozirlab qoʻydi. Pastdagilarning voqelikka duch kilishlari muqarrarligi ayon boʻlyapti.
Rossiya sobiq sovetining madaniy markazi sifatida bu jarayon yumshoq va ogʻriqsiz oʻtishi uchun gʻamxoʻrlik qiladi. Chippakka chiqqan orzular tasallisi amerikaliklarsiz ham hayot yaxshi oʻtishi boʻladi. Bundan battari boʻlmaydi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala