Infografika

Ashraf Gʻani qayerda?

Afgʻonistonda hukumat “Tolibon”* vakillari qoʻliga oʻtdi. Mamlakatning sobiq prezidenti Ashraf Gʻani qon toʻkilmasligi uchun isteʼfoga chiqib, mamlakatni tark etganini maʼlum qildi. Uning qayerdaligi maʼlum emas.
OAVlar oʻz manbalarini tayangan holda Gʻani Markaziy Osiyo mamlakatlariga uchib ketgani haqida yozishmoqda. Biroq bu xabarlar tasdiqlanmadi va rad etildi. Xususan, Tojikiston va Qozogʻiston TIV Afgʻoniston sobiq yetakchisi Ashraf Gʻani bu mamlakatlarda emasligini rasman maʼlum qildi.
Afgʻonistonning Toshkentdagi elchixonasi Ashraf Gʻani Oʻzbekistonda ekani haqidagi maʼlumotga ega emasligini aytdi.
“Tolibon”* va qator OAVlar Gʻani Oʻmon davlatiga uchib ketganini taʼkidlamoqda.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala