Jamiyat

Bugun Usmonxon Alimovning uylarida taʼziya marosimi boʻlib oʻtadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil dom Usmonxona Alimova, vыrazil soboleznovaniya yego semye
Shavkat Mirziyoyev posetil dom Usmonxona Alimova, vыrazil soboleznovaniya yego semye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Mashhur diniy ulamo, atoqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon oʻgʻli Alimov shu yil 15 avgust kuni 71 yoshida vafot etdi.
TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy marhum Usmonxon Temirxon oʻgʻli Alimovning Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan xonadonlarida taʼziya marosimi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avval xabar berganimizdek xazratning janaza marosimi u kishi tavallud topgan Samarqandda boʻlib oʻtgan edi.
Muftiy Usmonxon Alimov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Jamiyat
Prezident muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etib "Ulugʻ inson edilar. Hammamiz uchun katta yoʻqotish boʻldi… U kishini yaxshi nom bilan eslab ishlarini davom ettirib ruhlarini shod qilaylik",- deya hamdardlik izhor qilgan edi.
Mashhur diniy ulamo, atoqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon oʻgʻli Alimov shu yil 15 avgust kuni 71 yoshida vafot etdi.
Usmonxon Alimov 2006 yili Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylangan edi. Oʻtgan davr mobaynida u respublikada ijtimoiy-maʼnaviy, diniy-maʼrifiy muhit barqarorligini taʼminlash, Islom dinining insonparvarlik mohiyatini asrash va keng targʻib etish, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat va bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash ishiga beqiyos hissa qoʻshgani tilga olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala