Chinozda bir guruh “jihodchi” qo‘lga olindi

© MVDV Uzbekistane zaderjani chleni techeniya "Djixadisti"*
V Uzbekistane zaderjani chleni techeniya Djixadisti* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Obuna bo‘lish
Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yashirin faoliyat olib borayotgan guruhning 10 nafari ushlangan.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashirin faoliyat olib borayotgan “jihodchilar” oqimi a’zolarining 10 nafari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Ular 16-avgust kuni DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIBB o‘tkazgan tezkor tadbirda ushlangan.
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
Toshkent viloyatida bir guruh ekstremistlar ushlandi
Surishtiruv davomida ushbu shaxslar "jihod" maqsadida Suriya davlatiga chiqishni rejalashtirganliklari aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq Zangiota tumanida yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan bir guruh shaxslar aniqlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0