Deputat AQSh ittifoqdoshlarini kalishga o‘xshatdi

Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Obuna bo‘lish
Siyosatchining aytishicha, AQSh Afg‘onistondan qochib ketib, sobiq ittifoq maydonidagi amerikaliklarga sodiq qolishga qasam ichgan barcha davlatlar bilan, jumladan Ukraina bilan ham xuddi shu alfozda ish tutadi.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. RF Davlat dumasining Sevastopol regionidan bo‘lgan deputati Dmitriy Belik AQSh uchun uning ittifoqdoshlari kalishga tengligi haqida gapirdi.
Deputatga ko‘ra, ittifoqdoshlar Qo‘shma Shtatlar uchun kezi kelganda uloqtirib yuborish mumkin bo‘lgan kalishdek qiymatga ega, masalan, Afg‘oniston singari. Amerikaliklarga sodiq qolishga qasamod qilgan sobiq ittifoq mamlakatlarini ham xuddi shu qismat kutadi, deydi siyosatchi.
Boyeviki Talibana v prezidentskom dvorse v Kabule, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Toliblar Afg‘onistonni qanday boshqaradi - islomshunos fikri
"AQSh uchun ittifoqdoshlar - bu hamisha uloqtirib yuborib, yangisini kiyish mumkin bo‘lgan kalishdir. Ular bu kalishni na tozalashni, na parvarishlashni istaydi, axir atrofda shuncha tanlov bo‘lsa, Qobuldagi voqealar buni yaqqol ko‘rsatib berdi. Amerika farovonligi uchun yillab mehnat qilish mumkin, ammo nimadir ro‘y beradigan bo‘lsa, ular sizni etikdagi chang singari artib tashlaydi, chunki Vashington uchun sizlarning barchalaringiz irq emas, balki xizmatkorsizlar", - deb aytgan Belik RIA Novostiga bergan intervyusida.
Uning aytishicha, AQSh Afg‘onistondan qochib ketib, sobiq ittifoq maydonidagi amerikaliklarga sodiq qolishga qasam ichgan barcha davlatlar bilan, jumladan Ukraina bilan ham xuddi shu alfozda ish tutadi.
Bivshiy prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Tramp Baydenni sharmandalarcha iste’foga chiqishga chaqirdi
"AQSh bu davlatlar ularga Rossiyani kuchsizlantirishda ish bermayotganini tushungani zahoti, ularni uloqtiradi va unutib yuboradi", - deydi ishonch bilan deputat.
Afg‘onistondagi vaziyat ayniqsa oxirgi haftalarda, toliblar yirik shaharlarga hujumga o‘tishi bilan yanada og‘irlashdi. Yakshanba kuni OAV va manbalar isonchilar chegaradagi barcha o‘tish joylarini nazorat qilayotgani haqida xabar tarqata boshladilar. O‘sha kuni jangarilar Qobulga kirib, prezident saroyini o‘z nazoratiga olganini aytishdi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘inning oldini olish uchun" mamlakatni tark etganini aytdi. Dushanbaga o‘tar kechasi "Tolibon"* siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘onistonda urush tugagani, davlatdagi boshqaruv shakli esa yaqin vaqtlarda aniq bo‘lishi haqida bayonot berdi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0