Germaniyaning ikkinchi harbiy samolyoti Kobuldan Toshkentga yo‘l oldi – OAV

Obuna bo‘lish
Germaniya havo harbiy kuchlariga qarashli bo‘lgan ikkinchi samolyot Kobuldan Toshkentga yo‘l oldi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Germaniya havo harbiy kuchlariga qarashli bo‘lgan ikkinchi samolyot Kobuldan Toshkentga yo‘l oldi, bortdagi yo‘lovchilar soni hozircha noma’lum.
Bu haqda RIA Novosti Bild nashriga asosan xabar qildi.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Rossiya toliblarning terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi shartini aytdi
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, "dushanba kuni bo‘lgan tartibsiz vaziyatdan qochishga" urinishlar tufayli kechiktirilgan Lyuftvaffe A400M aerobusi Kobuldan Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketdi.
Dushanba kuni Kobul aeroportida diplomatik vakolatxonalar xodimlari bo‘lgan vertolotlar ko‘plab uchish-qo‘nishi tufayli vaziyat xaosga aylandi. Mahalliy aholi Afg‘onistonni tark etish maqsadida aeroportga yetib kelib, nafaqat binolarni balki samolyotlarga ham hujum qila boshlashdi.
Avvalroq, Germaniya TIV seshanba kuni kechasi Kobuldan 7 kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar berdi. Ular Germaniya havo harbiy kuchlariga qarashli samolyotlarda uchishdi.
Yangiliklar lentasi
0