Siyosat

Mirziyoyev manfaatparastlik va maishatga berilgan hokimni mutlaqo kechirib boʻlmasligini aytdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Prezident bir paytlar u ham hokim boʻlib ishlagani, u vaqtlardagi sharoitni hozirgi imkoniyatlar bilan mutlaqo solishtirib boʻlmasligini taʼkidladi.
TOSHKENT, 17 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning joylardagi vakillari boʻlgan hokimlarning ish faoliyati uni qoniqtirishi yoki qoniqtirmasligi haqidagi savolga javob berdi.
Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, nafaqat hokimlar, balki barcha boʻgʻindagi aksariyat katta-kichik rahbarlarda bilim va tajriba, tashkilotchilik salohiyati, el-yurt ishi uchun fidoyilik tuygʻusining yetishmasligi uni qiynaydigan eng murakkab masaladir.
Mirziyoyev joylarda islohotlarning samarali amalga oshirilishi birinchi navbatda hokimlarga, ularning bilim va tajribasi, ishbilarmonlik xususiyatlariga bogʻliqligini qayd etdi. Eng muhimi, ular odamlarning ishonchini qozongan boʻlishi shart. Aholi joylardagi rahbarlarga, ularning ishi, xizmat va muomala madaniyati, siyosiy, huquqiy va axloqiy saviyasiga qarab, davlat hokimiyatiga baho beradi. Lekin ochiq aytadigan boʻlsak, hokimlar, umuman, quyi boʻgʻindagi rahbarlarning barchasi ham el-yurt oʻrtasida yetarli obroʻ-eʼtiborga ega emas.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Siyosat
Prezident yoshlar bilan ishlashni eplay olmagan qator mansabdorlarni ishdan boʻshatdi
Prezidentning soʻzlariga koʻra, murakkab sharoitda el-yurt bilan hamdard, hamnafas boʻlib yashamaydigan, hayotning oʻzi taqozo etayotgan oddiy haqiqatlarni tushunmaydigan mansabdorlarning rahbar sifatida kelajagi yoʻq.
U hokimlar mustaqil qaror qabul qilib, mustaqil ish olib borish vakolatiga ega ekanini eslatdi. Ulardan ilgarigidek har bir qadamini Toshkentda, markaziy idoralardagi mutasaddilar bilan kelishish, boʻlar-boʻlmasga ijozat soʻrash talab etilmaydi.

“Hokim, rahbar inson sifatida, nimanidir bilmasligi yoki koʻzdan qochirishi, xatoga yoʻl qoʻyishi mumkin, buni tushunsa boʻladi, lekin u ana shu xatolarini tan olmasa, ularni tuzatishni istamasa, oʻqib-oʻrganishga, yangicha ishlashga, oʻz bilim va tajribasini oshirishga intilmasa, manfaatparastlik va maishatga berilgan boʻlsa, bu holatni mutlaqo kechirib boʻlmaydi. Mening asosiy talabim – odamlarni tushunish, ularning quvonchu tashvishlari bilan yashash, yon-atrofdagi vaziyatga oddiy xalqning koʻzi bilan qarash va baho berish, el-ulusdan ajralib qolmaslik kerak. Shundagina hudud yoki tarmoqni boshqarish va muhim qarorlar qabul qilishda aniq samara boʻladi”, - dedi Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga bergan intervyusida.

Prezident har bir rahbarning faoliyat mezoni – bu xalqning orzu-umidlarini oʻzi uchun asosiy maqsad qilib, ularni izchillik bilan roʻyobga chiqarishdan iborat ekanini urgʻuladi.
“Afsuski, baʼzi yetakchi va mutasaddilar manmanlikka berilib, havolanib, oyogʻi yerdan uzilganini bilmay qoladi. Bu – ular uchun haqiqiy fojia. Albatta, bunday rahbarlarga bizning safimizda oʻrin boʻlishi mumkin emas. Bu nafaqat Prezidentning, ayni paytda xalqimizning, hayotning talabidir”, - deya xulosa qildi davlat rahbari.
V zale zasedaniy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Jamiyat
Buxoroda murojaatlarga bepisand munosabatda boʻlgan masʼullarning 22 nafari ishdan olindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala