Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Odamlarning samolyotdan qulab tushishida amerikaliklar aybdor - Tolibon* vakili

© AP Photo / Shekib RahmaniSotni lyudey sobralis vozle transportnogo samoleta C-17 VVS SSHA na perimetre mejdunarodnogo aeroporta v Kabule
Sotni lyudey sobralis vozle transportnogo samoleta C-17 VVS SSHA na perimetre mejdunarodnogo aeroporta v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Tolibon* vakili samolyotdan odamlar qulab tushishida amerikaliklarni aybladi.
TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Dushanba kuni Kobul aeroportidan uchib chiqqan samolyotdan odamlarning qulab tushishi aks etgan video internetda tarqaldi, Tolibon* harakati vakili Suheyl Shohin amerikaliklarni aybladi.
Afgʻoniston OAVlari Kobuldan uchib chiqqan Amerika samolyotidan yiqilayotgan odamlar aks etgan videoni tarqatdi, ehtimol afgʻonlar, samolyot shassisiga osilib, qochmoqchi boʻlishgan.

"Amerikaliklar xavfsizlikni taʼminlashi, hamma odamlarning aeroportga kirishiga ruxsat bermasliklari kerak edi, bizning kuchlarimiz u yerda yoʻq edi. Biz javobgar emasmiz. Ular u yerda javob berishgan, bu bizniki emas, ularning samolyoti edi", - dedi Suheyl Shohin Sky News telekanaliga bergan intervyusida.

Harakat vakilining soʻzlariga koʻra, toliblar "aeroport xavfsizligini taʼminlashga kirishganidan soʻng, bunday hodisalar yuz berishi toʻxtadi".
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala