Siyosat

Oʻzbekiston Afgʻonistonda tezroq tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishidan manfaatdor – Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Oʻzbekiston prezidenti “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga bergan intrevyusida mamlakat tashqi siyosati va Afgʻoniston haqida toʻxtaldi.
TOSHKENT, 17 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga intervyu berdi. Unda mamlakat tashqi siyosati va Afgʻoniston haqida toʻxtaldi.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, mamlakat yangilanish davriga qadam qoʻygan birinchi kunlardan boshlab ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat yuritish, dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar, ayniqsa, qoʻshni davlatlar bilan yaqin doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.
Oʻzbekiston oʻtgan davrda ana shu strategik yoʻlga doimo sodiq qolib, oʻz sheriklari hamda xalqaro tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini toʻliq bajarib kelmoqda.
Oʻzbekiston Afgʻonistonning yaqin qoʻshnisi sifatida bu mamlakatda tezroq tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishidan manfaatdordir
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti
15 avgust kuni Kobul "Tolibon"*ga taslim boʻldi. Mamlakat prezidenti Ashraf Gʻani "qon toʻkilmasligi uchun" isteʼfoga chiqib, mamlakatni tark etganini maʼlum qildi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala