O‘zbekistonga kuyov bo‘lganlarning asosiy qismi Rossiyadan ekani ochiqlandi

© Sputnik / AlexTikhomirovSvadebnie kolsa
Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Obuna bo‘lish
Yetti oy davomida 1 272 nafar o‘zbekistonlik qizlar xorijiy mamlakat fuqarolariga turmushga uzatilgan
TOShKENT, 17 avg - Sputnik. FHDYo organlari tomonidan 2021-yilning yanvar-iyul oylarida 2 113 nafar O‘zbekiston fuqarolari va chet ellik fuqarolar o‘rtasida nikoh qayd qilingan. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri Adliya vazirligidan olingan ma’lumotlar asosida xabar bermoqda.
Jumladan, 1 272 nafar o‘zbekistonlik qizlar xorijiy mamlakat fuqarolariga turmushga uzatildi hamda 937 nafar xorijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan chet ellik qizlar O‘zbekistonga kelin qilib olindi.
Buket v rukax nevesti na svadbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2021
To‘y va marosimlarni o‘tkazishda cheklov kiritildi
Kuyovlarning ko‘pchiligi Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Koreya Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va boshqa xorijiy mamlakat fuqarolari bo‘lib, kelinlarning ko‘pchiligi Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Gruziya, Ozarbayjon mamlakatlari fuqarolarini tashkil etdi.
FHDYo organlari tomonidan 2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida 143 555ta nikoh qayd etildi. Eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida (16 680ta) va eng kam nikoh Sirdaryo viloyatida (3 667ta) qayd qilindi.
Eng ko‘p quda-andalik rishtalarini bog‘lagan hududlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hisoblanib, jami 1 517ta holatda ikki qo‘shni hududlar o‘rtasida nikoh qayd etilgan. Shuningdek, ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Sirdaryo va Jizzax viloyatlari (519ta), Samarqand va Jizzax viloyatlari (460ta) egallagan.
FHDYo organlari tomonidan 2021-yilning yanvar-iyul oylarida jami 385 nafar ota-onasi xorijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan bolalarning tug‘ilishi qayd etildi.
Eng ko‘p tug‘ilish holatlari Surxondaryo (70ta) va Qashqadaryo (43ta) viloyatlarida qayd qilindi.
FHDYo organlari tomonidan 96ta chet elliklar, ya’ni ikki tomon ham xorijiy mamlakat fuqarosi bo‘lgan shaxslarning nikohi qayd qilinib, shundan eng ko‘p nikoh Toshkent shahri (16ta) va Surxondaryo viloyatida (13ta) qayd qilingan.
Yangiliklar lentasi
0