O‘zbekistonliklar mustaqillik bayrami munosabati bilan 5 kun dam oladi

Kalendar na aprel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistonda 1—5-sentabr kunlari dam olish kuni etib belgilandi.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistonda 1—5-sentabr kunlari dam olish kuni etib belgilandi.
Farmonga binoan, kelayotgan bayramda ish haftasi turidan qat’i nazar, idoralar, korxona va tashkilotlarning barcha xodimlariga ketma-ket besh kunlik ta’til beriladi.
Hujjatga ko‘ra dam olish kunlari quyidagi tartibda belgilandi.
1-sentabr (chorshanba) — Mustaqillik kuni;
2-sentabr (payshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;

3-sentabr (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;

4-sentabr (shanba) — dam olish kuni (hamma uchun, ish haftasi turidan qat’i nazar);

5-sentabr (yakshanba) — dam olish kuni.

Shuningdek farmonda fuqarolarning rasmiy sanani nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunalaridan oqilona foydalanishini ta’minlash lozimligi aytib o‘tilgan.
Yangiliklar lentasi
0