Qobul "amerikancha orzu" bilan vidolashmoqda: jihod davom etapti

© AP Photo / Sidiqullah KhanBoyeviki dvijeniya Taliban (Zapresheno v RF)
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapresheno v RF) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Obuna bo‘lish
Toliblar prezident saroyi ustida o‘z bayrog‘ini ko‘tardi va jahon hamjamiyatining aksar davlatlari tomonidan tezda e’tirof etilishi ehtimoldan yiroq bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligi tashkil etilganini e’lon qilishga hozirlanmoqda.
Afg‘oniston o‘zining ko‘p asrlik tarixida eng katta to‘ntarishlardan birini boshdan kechirmoqda. AQSh va alyans qo‘shinlari chiqarilishi boshlanganidan so‘ng, Islom Respublikasi rasmiy hukumati hukmronligi atigi to‘rt oycha davom etdi. "Tolibon"* 16-avgust kuni o‘z g‘alabasi va 20-yillik urush tugaganini e’lon qildi, lekin mamlakatdagi zo‘ravonlik darajasi "jihod" davom etayotganidan dalolat bermoqda.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Rossiya toliblarning terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi shartini aytdi
Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy turbulentlik Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlar xavfsizligi uchun yangi tahdidlarni tug‘dirmoqda. KXShT mamlakatlari xavfsizlik tahdidlariga - qochqinlar oqimi, narkotrafik, ekstremistik mafkura eksporti va chegaradagi qurolli provokatsiyalarga adekvat javob berishga tayyor.
"Tolibon"* o‘tgan shanba va yakshanba kunlari Afg‘onistonning o‘n beshdan ortiq ma’muriy markazlarini egallab oldi va bugun barcha yirik shaharlar, jumladan, poytaxt - Kobulni (15 avgustda bosib olingan) nazorat qilmoqda. Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani, Afg‘onistonning yagona marshali Abdul Rashid Do‘stum singari mamlakatni samolyotda tark etdi. 16-avgust kuni kechki payt holatiga ko‘ra, na G‘ani, na Do‘stumning qayerdaligi haqida rasmiy tasdiqlar e’lon qilinmadi. Markaziy Osiyoning uchta mamlakati - O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston ichida Afg‘onistonning sobiq prezidenti bo‘lgan layner ular hududiga qo‘nmagani haqida bayonot berdilar.
Bu orada Afg‘onistondagi g‘alabali "jihod" turli mamlakatlardagi terrorchilarni faoliyat doirasini kengaytirishga va hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinishga undashi mumkin.
Samolet afganskix VVS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Mudofaa vazirligi O‘zbekiston hududida afg‘on Qurolli kuchlari samolyoti qulaganini tasdiqladi
AIR Hukumat armiyasi va narxi 70 milliard dollarga baholangan davlat xavfsizlik tizimi deyarli yo‘q qilindi - u bilan qo‘shib dunyodagi eng yaxshi sanalgan NATO standartlari bo‘yicha qo‘shinlarni tayyorlash tizimi haqidagi afsona ham barham topdi. Amerikaliklar o‘qitgan bir necha yuqori martabali afg‘on ofitserlari ham jangarilar tomoniga o‘tib ketdi.
Toliblar prezident saroyi ustida o‘z bayrog‘ini ko‘tarishdi va jahon hamjamiyatining aksar davlatlari tomonidan tezda e’tirof etilishi ehtimoldan yiroq bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligi tashkil etilganini e’lon qilishga hozirlanmoqda.
Etnik tojiklar yashaydigan Panjsher provinsiyasigina hozircha "Tolibon"ga qarshilik ko‘rsatayotgan o‘choq bo‘lib qolmoqda.
Mamlakatdagi xavfsizlik – eng past ko‘rsatkichdan ham quyiroqqa tushgan. Shunday bo‘lsa-da, urush - terrorchi tashkilotning asosiy mavjudlik shakli bo‘lib qolmoqda. Eslatib o‘tamiz, toliblar Rossiya va BMTda hozircha boshqa maqomga ega ham emas.
Hatto "Tolibon"* harakati "Al-Qoida"* va "Islom davlati - Xuroson"*dagi islomchi-raqiblariga qarshi kurashadigan taqdirda ham bu bir necha yillarga cho‘ziladigan jangovar harakatlar deganidir.
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapresheno v RF) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Shok va dahshat: dunyo Afg‘onistonda o‘z taqdirini ko‘rdi
"Tolibon"* jangchilarining islom amirligi davlat tuzilmasiga transformatsiyasi (integrallashuvi) ylanishi (integratsiyasi) - bu ko‘plab noma’lum asoratlarga ega bo‘lgan va yaxshi o‘rganilmagan texnologiyadir. O‘rta yoshli afg‘onlar toliblar ilk marta hokimiyat tepasiga kelgan va "yangicha tartib" o‘rnatgan 1996-2001 yillardagi og‘ir davrni yaxshi eslashadi.

Qobuldagi sarosima

Biz kollektiv G‘arb, Pentagon va NATOning eng katta geosiyosiy mag‘lubiyati va sharmandaligiga guvoh bo‘lyapmiz - Qobul islom demokratiyasi haqidagi "amerikancha orzu" bilan abadiy vidolashmoqda va yana o‘rta asrlar amirligiga sho‘ng‘iyapti. Brusselda esa, oxirigacha, Afg‘onistondagi vaziyatni go‘yo unga ta’sir qila oladigandek muhokama qilishmoqda.
AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada va boshqa ko‘plab G‘arb davlatlari Afg‘oniston poytaxtidan o‘z elchixonalarini shoshilinch evakuatsiya qilishmoqda. Pentagon izchillik bilan "qutqaruvchi" kuchlarini kuchaytirmoqda, 6000 harbiy xizmatchi amerikalik diplomatlarni evakuatsiya qilish bilan band - bu ilgari taxmin qilinganidan ikki baravar ko‘proqni tashkil etmoqda.
AQSh armiyasi vertolotlari Qobul markazidagi elchixona majmuasidan shattl marshruti yordamida aeroportgacha o‘z xodimlarini tashimoqda. Vashington o‘z elchixonasini to‘liq evakuatsiya qilish va maxsus immigratsion vizalarni olish huquqiga ega bo‘lgan ittifoqchilarni (afg‘onlarni) evakuatsiya qilish uchun 72 soat vaqt ajratgan.
Qolgan kollaboratsionistlar taqdiri esa oldindan ayon bo‘lganidek achinarli. Bu yerda gap 350 mingga yaqin hukumat kuchlari haqida bormoqda (hozircha ularga uy-uylariga tarqalishga ruxsat berilgan).
Boyevik Talibana* na ulitse v afganskom gorode Gerat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Hukumat o‘zgargan Afg‘onistondagi vaziyat qanday
Qobuldagi va Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroportdagi vaziyat halokatli: minglab afg‘onlar mamlakatni tark eta olishmayapti - bu yerda ularning aksariyatini amerikaliklar bilan hamkorlik qilganligi uchun toliblar qo‘lida o‘lim kutmoqda. Qobuldan amalga oshiriladigan barcha tijorat reyslari to‘xtatilgan, aeroportla vaqti-vaqti bilan o‘q ovozlari eshitilmoqda, tinch aholi orasida qurbonlar bor.
Uchish -qo‘nish yo‘lagida Pentagon vakillaridan tashqari Buyuk Britaniya, Turkiya va Ozarbayjon harbiy xizmatchilari ham tartibni saqlashga harakat qilishmoqda. Shunday taassurot uyg‘onmoqdaki, toliblar hozircha qochqinlarga uchib ketishga ruxsat berapti, biroq xorijiy qo‘shinlarning Kobul aeroportida hozirligi uzoq davom eta olmaydi.
Jangarilar hukumat armiyasining bir nechta yirik harbiy bazalari va arsenallarini egallab olishgan va har xil qurollarga, jumladan, hujum samolyotlari va vertolotlariga ega. "Tolibon"* safida bugun turli manbalarga ko‘ra 75 mingdan 120 minggacha jangari bor.
AQShning afg‘on ittifoqchilari o‘zlarini aldangan his etishmoqda. TheWashington Post nashrining qayd etishicha, toliblarning hokimiyatga shiddatli kelishi, butun dunyodagi ittifoqchilar orasida amerikancha xavfsizlik kafolatlarining mustahkamligiga shubha tug‘diradi (Rossiyaning Suriyadagi ittifoqchilarni qat’iy qo‘llab -quvvatlashi bunga kontrast yaratmoqda). G‘arb dahshatda afg‘on qochqinlarining yangi oqimini kutmoqda.

KXShT diqqatni jamlamoqda

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaga afg‘on yo‘nalishida tahdidlarni qaytarish uchun harbiy instrumentlar kerak bo‘lishi mumkin. Toliblarning o‘rta muddatli istiqboldagi g‘alabalari qo‘shni davlatlarda, ayniqsa "harakat" ning mafkuraviy tarafdorlari ko‘proq bo‘lgan Tojikistonda terrorchilik faolligi oshishini yuzaga keltirishi mumkin.
Kelgusi oylarda tojik-afg‘on chegarasi yaqinida o‘tkaziladigan KXShT Kollektiv kuchlar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. KXShT bosh kotibi Stanislav Zas 16-avgust kuni Afg‘oniston bo‘yicha bayonot berdi.
Asosiy nizomlar:
mamlakatda hukumat o‘zgarishi KXShT kollektiv xavfsizligi Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi;
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2021
Shoygu KXShTni Afg‘onistondan jangarilar hujumiga shay bo‘lib turishga chaqirdi
Tashkilot tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib bormoqda, KXShT davlatlari xavfsizligini ta’minlash eng ustuvor vazifadir;
tojik kuch tuzilmalari chegaradagi vaziyatni to‘liq nazorat qilishmoqda, KXShT mexanizmlarini ishga solish uchun zarurat hozircha yo‘q;
Tojikiston Respublikasidagi vaziyatning keskin tus olishi va xavfsizligiga tahdid solinsa, ittifoqchiga yordam berish uchun barcha zarur kollektiv choralar ko‘riladi;
yaqin oylarda tojik-afg‘on chegarasi yaqinida o‘tkaziladigan KXShT Kollektiv kuchlarining mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda;
Sentabr oyining o‘rtalarida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdagi sessiyasida Afg‘oniston atrofidagi vaziyat muhokama qilinadigan asosiy masalalardan biriga aylanadi.
Afg‘onistonda vaziyat o‘tkir tus olishi fonida Qozog‘iston Qurolli kuchlari ogohligi kuchaytirilgan. Bu, birinchi navbatda, maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalariga, front va harbiy transport aviatsiyasi, havo mudofaasi mudofaa tizimlariga taalluqlidir. Kuch va vositalarning tunu-kun navbatchiligi tashkil etilgan.
Press-sekretar  prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Asadov Afg‘oniston bilan bog‘liq voqealar haqida turli mish-mishlar tarqatmaslikka chaqirdi
Qo‘shimcha xavfsizlik choralari mintaqadagi barcha mamlakatlarga (KXShTga a’zo bo‘lmaganlarga ham) qo‘llaniladi. O‘zbekiston toliblardan qochgan 84 afg‘on harbiy xizmatchisini Termizdagi nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tkazgani, so‘ngra chegarani buzgan afg‘on HHK samolyotini urib tushirgani tasodif emas. Toshkent qurol -yarog‘larning to‘liq spektri va notinch qo‘shnilarning ehtimoliy harakatlarini hisobga olishga majbur. Aytgancha, jangovar vertolotlarning bir nechta ekipaji toliblar tomoniga o‘tgan.
Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘mondoni Aleksandr Lapin "Tinchlik missiyasi-2021" mashg‘ulotlariga tayyorgarlik bazasini tekshirmoqda, uning davomidaShHTga a’zo davlatlar qo‘shinlari (kuchlari) koalitsion guruhi tomonidan aksilterror operatsiyasi vazifalari ustida mashg‘ulotlar olib boriladi.
Strani mira. Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
“Tolibon”* Afg‘onistondagi urush yakunlanganini e’lon qildi
"Tolibon"* harakati vakili Afg‘oniston poytaxtidagi Rossiya elchixonasiga hech qanday tahdid yo‘qligini aytdi. Bunga qaramay, Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning fikricha, Moskva uyushma tuzumini tan olishga shoshilmaydi: "Tan olish borasida biz hech qayoqqa shoshilayotganimiz yo‘q. Rejim o‘zini qanday tutishini kuzatamiz", - dedi u.
Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya muammoli qo‘shni bilan yashashga majbur. "Tolibon"* boshqa terrorchi tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilmoqda, bu esa "hamma hammaga qarshi" bo‘lgan afg‘on urushining davom etishiga asos bo‘lishi mumkin.
* – RFda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram kanaliga a’zo bo‘ling.
Yangiliklar lentasi
0