Siyosat

Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi siyosatning oʻzaro bogʻliq va uygʻun jihatlari haqida

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Oʻzbekiston rahbarining soʻzlariga koʻra, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda tashqi siyosatga, dunyodagi olis va yaqin davlatlar bilan doʻstona hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
TOSHKENT, 17 avg – Sputnik. Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda tashqi siyosatga, dunyodagi olis va yaqin davlatlar bilan doʻstona hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada ichki va tashqi siyosatning oʻzaro bogʻliq va uygʻun jihatlari haqida prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi Oʻzbekiston" nashriga bergan intervyusida alohida taʼkidlab oʻtdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Siyosat
Oʻzbekiston Afgʻonistonda tezroq tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishidan manfaatdor – Mirziyoyev
"Avvalo, shuni taʼkidlash kerakki, biz mamlakatimiz yangilanish davriga qadam qoʻygan birinchi kunlardan boshlab ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat yuritish, dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar, ayniqsa, qoʻshni davlatlar bilan yaqin doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz", – deya taʼkidlagan Oʻzbekiston rahbari.
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Siyosat
Mirziyoyev manfaatparastlik va maishatga berilgan hokimni mutlaqo kechirib boʻlmasligini aytdi
Mirziyoyev shuningdek, Oʻzbekiston bugun oʻzining uzoqni koʻzlagan siyosati bilan mintaqamiz va jahondagi siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylangani, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Parlamentlararo Ittifoq, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan mamlakat hamkorligi yangi bosqichga koʻtarilganligi, Oʻzbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga aʼzo boʻlganligi, Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik ittifoqi huzurida kuzatuvchi maqomini olganligini eʼtirof etgan.
Oʻzbekiston oʻz tarixida birinchi marta BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashiga aʼzo etib saylanganligi va uning 2021 yil 22 fevralda Jeneva shahrida videoanjuman shaklida boʻlib oʻtgan 46-sessiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deya alohida taʼkidlab oʻtgan davlat rahbari.
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Jamiyat
Prezident poraxoʻrlik uchun javobgarlikka tortilgan mansabdorlar sonini ochiqladi
“Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasi takomillashtirilmoqda. Ushbu muhim hujjatda tashqi siyosatimizning ustuvor yoʻnalishi boʻlgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va oʻzaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda",- deya ishonch bildirdi Mirziyoyev hamda Oʻzbekistonning asosiy xorijiy sheriklari hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli aloqalari yanada kengayayotgani ahamiyatli ekanini taʼkidladi.
"Oʻzbekiston Afgʻonistonning yaqin qoʻshnisi sifatida bu mamlakatda tezroq tinchlik va barqarorlik oʻrnatilishidan manfaatdordir",- deya qoʻshimcha qiladi Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident Oʻzbekiston 2021-2022 yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishi hamda hozirgi vaqtda bu muhim siyosiy tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish uchun jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilayotganini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala