Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi siyosatning o‘zaro bog‘liq va uyg‘un jihatlari haqida

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tashqi siyosatga, dunyodagi olis va yaqin davlatlar bilan do‘stona hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
TOShKENT, 17 avg – Sputnik. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda tashqi siyosatga, dunyodagi olis va yaqin davlatlar bilan do‘stona hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada ichki va tashqi siyosatning o‘zaro bog‘liq va uyg‘un jihatlari haqida prezident Shavkat Mirziyoyev "Yangi O‘zbekiston" nashriga bergan intervusida alohida ta’kidlab o‘tdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
O‘zbekiston Afg‘onistonda tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan manfaatdor – Mirziyoyev
"Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, biz mamlakatimiz yangilanish davriga qadam qo‘ygan birinchi kunlardan boshlab ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat yuritish, dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz", – deya ta’kidlagan O‘zbekiston rahbari.
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Mirziyoyev manfaatparastlik va maishatga berilgan hokimni mutlaqo kechirib bo‘lmasligini aytdi
Mirziyoyev shuningdek, O‘zbekiston bugun o‘zining uzoqni ko‘zlagan siyosati bilan mintaqamiz va jahondagi siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylangani, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Parlamentlararo Ittifoq, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan mamlakat hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilganligi, O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘lganligi, Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik ittifoqi huzurida kuzatuvchi maqomini olganligini e’tirof etgan.
O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylanganligi va uning 2021-yil 22-fevralda Jeneva shahrida videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tgan 46-sessiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deya alohida ta’kidlab o‘tgan davlat rahbari.
Prezident poraxo‘rlik uchun javobgarlikka tortilgan mansabdorlar sonini ochiqladi
“Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtirilmoqda. Ushbu muhim hujjatda tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda",- deya ishonch bildirdi Mirziyoyev hamda O‘zbekistonning asosiy xorijiy sheriklari hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalari yanada kengayayotgani ahamiyatli ekanini ta’kidladi.
"O‘zbekiston Afg‘onistonning yaqin qo‘shnisi sifatida bu mamlakatda tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan manfaatdordir",- deya qo‘shimcha qiladi Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident O‘zbekiston 2021-2022 yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishi hamda hozirgi vaqtda bu muhim siyosiy tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilayotganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0