"Sputnik Layt" va Pfizer vaksinalari birikmasi delta-shtammdan kuchliroq himoyalashi mumkin

© Sputnik / Vitaliy BelousovMigranti v punkte vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TS "Sadovod" v Moskve
Migranti v punkte vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TS Sadovod v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Obuna bo‘lish
Ginsburg koronavirusning "delta" shtammiga qarshi himoyalanishni kuchaytirish uchun "Sputnik Layt" va Pfizer vaksinalarini birlashtirishni tavsiya etdi
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Pfizer vaksinasining ikkita dozasi bilan emlanganlar uchinchi komponent sifatida "Sputnik Layt" vaksinasini olsa, bu COVID-19ning delta-shtammiga qarshi himoya darajasini oshiradi, dedi RIA Novosti nashriga N.F.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg.
Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) Pfizer ga "Sputnik Layt" vaksinasi bilan ta’sirni kuchaytirish uchun uchinchi komponent sifatida qo‘shma sinovlarni o‘tkazishni taklif etdi.
"RFPIning Pfizer vaksinasini "Sputnik Layt" bilan birlashtirish borasidagi taklifi mantiqiydir, maqsad Pfizer vaksinasi bilan emlanganlar ularda hosil bo‘ladigan keng spektrdagi antitanachalar bilan samarali himoyalanishi kerak", - degan Ginsburg.
Proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
Qaysi vaksina delta-shtammdan yaxshiroq himoya qiladi?
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar Pfizerning "delta" shtammiga qarshi samaradorligi qandayligi noma’lum, ammo taxminlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich atigi 40 foizni tashkil etadi.
RF Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, "Sputnik V" vaksinasining "delta"ga qarshi samaradorligi 83,1 foizni tashkil qilgan. Amerikalik olimlar tadqiqotlariga ko‘ra, iyul oyida yangi shtamm tarqalishi fonida Pfizer samaradorligi pasayishi kuzatilgan. Moderna vaksinasi uchun bu ko‘rsatkich 76 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Pfizer — 42 foiz bilan cheklangan.
Bir komponentli "Sputnik Layt" vaksinasi Rossiyada may oyi boshlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, uning samaradorligi 79,4 foizni tashkil etgan va bu ikkita inyeksiya talab etadigan ko‘plab preparatlar ko‘rsatkichiga qaraganda ko‘proqdir. "Sputnik Layt" — bu "Sputnik V" vaksinasining birinchi komponentidir. Preparat bilan emlanganlarda jiddiy noxush ta’sirlar qayd etilmagan.
Yangiliklar lentasi
0