Video

Ur-yiqit, vahima: Afgʻonistondan qochib ketish ilinjidagilar Kobul aeroportiga hujum qilmoqda

“Tolibon”* harakati Afgʻonistonni egallab olganini eʼlon qildi. 15 avgust kuni uni Kobulga yurish qilib, prezident saroyini qoʻlga kiritishdi.
Prezident Ashraf Gʻani Afgʻonistondan qochib ketdi. Hozirgacha uning qayerdaligi nomaʼlum. Ayrim OAVlar sobiq prezident Oʻmonda boshpana topgani haqida yozmoqda.
Toliblar* hukumat tepasiga kelgandan soʻng qator xorijiy davlatlar Kobuldan oʻz elchixonalarini evakuatsiya qilishni boshladi.
Ayrim fuqarolar “Tolibon”* Afgʻonistonda tuzishni rejalashtirayotgan davlatda yashamasliklarini aytib, qochib ketish payiga tushgan. Ularning manzili – Kobul aeroporti. Olomon aeroportga hujum qilib, duch kelgan samolyotga minib olishga urinmoqda. Ur-yiqit vaqtida bir necha kishi halok boʻlgani aytilmoqda.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala