Dunyoda

Yanukovich Ukrainaning 30 yil mustaqillikdagi asosiy xatosini aytdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishBыvshiy prezident Ukrainы Viktor Yanukovich
Bыvshiy prezident Ukrainы Viktor Yanukovich  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Ukrainaning sobiq rahbari Viktor Yanukovich mamlakatning 30 yil ichidagi eng katta xatosini aytdi.
TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Ukrainaning 30 yil ichidagi eng katta xatosi - Rossiya bilan doʻstona qoʻshnichilik munosabatlaridan voz kechishi boʻldi, dedi 2014 yilda davlat toʻntarishidan keyin mamlakatni tark etgan Ukrainaning sobiq rahbari Viktor Yanukovich.
Viktor Yanukovich Ukraina xalqiga murojaat bilan chiqdi.
"Bu nimaga olib keldi? Urushga, Ukraina jamiyatida boʻlinishiga, doimiy ijtimoiy beqarorlikka, chuqur iqtisodiy inqirozga, radikal millatchi tashkilotlarning avjiga chiqishiga, muxolifatni taʼqib qilishga, rejimga qarshi boʻlgan telekanallarning yopilishiga olib keldi" – dedi u Ukraina xalqiga murojaatida.
Donbass aholisiga, agar ular davlatning rusiyzabon rahbariyati tomonidan zoʻravonlik bilan olib borilayotgan ukrainazatsiyani qoʻllab-quvvatlashni istamasalar, Rossiyaga ketishni taklif qilishmoqda, Qrim aholisi yarim orolni oʻz vatanlari deb hisoblash huquqidan mahrum boʻlishdi, - deb qoʻshimcha qiladi sobiq prezident.
Uning fikriga koʻra, mustaqillikning 30 yilligi arafasida Ukraina AQSH-Rossiya munosabatlarining holatiga toʻliq bogʻliq boʻlib qoldi, ularning yanada yomonlashishi na amerika na rus xalqlari manfaatlariga javob bermaydi.
Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Rossiya
Putin Ukraina toʻgʻrisida maqola yozdi
“Bu haqda gapirish men uchun ogʻir, lekin bu haqiqat. Ammo keskinlik paydo boʻlsa, biz nima qilamiz? Bu esa albatta amalga oshadi. Rossiya Federatsiyasi bilan chegarada devor quriladimi, hozir esa belaruslik qoʻshnilarimiz bilan ham? Gʻarbni Ukrainani YEI va NATOga zudlik bilan qabul qilish talablari bilan charchatishda davom etirishmi, u aniq sabablarga koʻra, buni xohlamayaptimi?
Men chin dildan sevadigan Vatanimning oʻttiz yilligi arafasida shunday ritorik savollar berish meni ranjitadi. Ha, hatto bizning hukumat davrida ham xatolarga yoʻl qoʻyilgan, baʼzida jiddiy xatolar. Ammo shu bilan birga, Yevropadagi eng katta hududga ega mamlakat - Ukraina tinch yashadi. Uning fuqarolari yaxshi hayot ilinjida ommaviy ravishda chet elga ketmagan, uning aholisi halokatli darajada kamaymagan”, - deb yozgan Yanukovich oʻz murojaatida.
Uning soʻzlariga koʻra, ukrainaliklar konstitutsiyaviy huquqlarini cheklovchi qonunlarni buzganlikda ayblanishidan qoʻrqmasdan, oʻz ona tillarida soʻzlashishgan. Kommunal xizmat tariflari oʻta baland boʻlgani uchun ular tilanchilik qilishmadi.
24 avgustda Kiyevda mustaqillik kuni nishonlanadi. Yanukovich mamlakatni 2010 yildan 2014 yilgacha boshqargan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala