Yanukovich Ukrainaning 30-yil mustaqillikdagi asosiy xatosini aytdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishBivshiy prezident Ukraini Viktor Yanukovich
Bivshiy prezident Ukraini Viktor Yanukovich  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Obuna bo‘lish
Ukrainaning sobiq rahbari Viktor Yanukovich mamlakatning 30-yil ichidagi eng katta xatosini aytdi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Ukrainaning 30-yil ichidagi eng katta xatosi - Rossiya bilan do‘stona qo‘shnichilik munosabatlaridan voz kechishi bo‘ldi, dedi 2014-yilda davlat to‘ntarishidan keyin mamlakatni tark etgan Ukrainaning sobiq rahbari Viktor Yanukovich.
Viktor Yanukovich Ukraina xalqiga murojaat bilan chiqdi.
"Bu nimaga olib keldi? Urushga, Ukraina jamiyatida bo‘linishiga, doimiy ijtimoiy beqarorlikka, chuqur iqtisodiy inqirozga, radikal millatchi tashkilotlarning avjiga chiqishiga, muxolifatni ta’qib qilishga, rejimga qarshi bo‘lgan telekanallarning yopilishiga olib keldi" – dedi u Ukraina xalqiga murojaatida.
Donbass aholisiga, agar ular davlatning rusiyzabon rahbariyati tomonidan zo‘ravonlik bilan olib borilayotgan ukrainazatsiyani qo‘llab-quvvatlashni istamasalar, Rossiyaga ketishni taklif qilishmoqda, Qrim aholisi yarim orolni o‘z vatanlari deb hisoblash huquqidan mahrum bo‘lishdi, - deb qo‘shimcha qiladi sobiq prezident.
Uning fikriga ko‘ra, mustaqillikning 30-yilligi arafasida Ukraina AQSh-Rossiya munosabatlarining holatiga to‘liq bog‘liq bo‘lib qoldi, ularning yanada yomonlashishi na amerika na rus xalqlari manfaatlariga javob bermaydi.
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Putin Ukraina to‘g‘risida maqola yozdi
“Bu haqda gapirish men uchun og‘ir, lekin bu haqiqat. Ammo keskinlik paydo bo‘lsa, biz nima qilamiz? Bu esa albatta amalga oshadi. Rossiya Federatsiyasi bilan chegarada devor quriladimi, hozir esa belaruslik qo‘shnilarimiz bilan ham? G‘arbni Ukrainani YeI va NATOga zudlik bilan qabul qilish talablari bilan charchatishda davom etirishmi, u aniq sabablarga ko‘ra, buni xohlamayaptimi?
Men chin dildan sevadigan Vatanimning o‘ttiz yilligi arafasida shunday ritorik savollar berish meni ranjitadi. Ha, hatto bizning hukumat davrida ham xatolarga yo‘l qo‘yilgan, ba’zida jiddiy xatolar. Ammo shu bilan birga, Yevropadagi eng katta hududga ega mamlakat - Ukraina tinch yashadi. Uning fuqarolari yaxshi hayot ilinjida ommaviy ravishda chet elga ketmagan, uning aholisi halokatli darajada kamaymagan”, - deb yozgan Yanukovich o‘z murojaatida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar konstitutsiyaviy huquqlarini cheklovchi qonunlarni buzganlikda ayblanishidan qo‘rqmasdan, o‘z ona tillarida so‘zlashishgan. Kommunal xizmat tariflari o‘ta baland bo‘lgani uchun ular tilanchilik qilishmadi.
24 avgustda Kiyevda mustaqillik kuni nishonlanadi. Yanukovich mamlakatni 2010-yildan 2014-yilgacha boshqargan.
Yangiliklar lentasi
0