Afg‘oniston orqali savdo va tranzit: toliblar davrida nima bo‘ladi – Termizdan nazar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTermez
Termez - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Obuna bo‘lish
“Tolibon”* Afg‘onistonda hukumatni qo‘lga oldi. Hokimiyat o‘zgarishi qo‘shni mamlakatlar bilan transport va savdo aloqalariga qanday ta’sir ko‘rsatadi, Sputnik ekspertlar fikrini o‘rgandi.
TOShKENT, 18 avg – Sputnik. Ramiz Baxtiyarov. Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilishidan keyin toliblar mamlakatda hukumatni deyarli batamom qo‘lga oldi. Hozirda inklyuziv hukumatni shakllantirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, xalqaro hamjamiyat, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari voqealar rivojini kuzatmoqda.
O‘zbekiston TIV O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashga va qo‘shni davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga sodiqligini qat’iy bildirdi. Shu bilan birga, Toshkent yana bir bor davlat chegarasini buzishga bo‘lgan har qanday urinishlar keskin ravishda bartaraf etilishini eslatdi.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTermez
Termez - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Termez
O‘zbek-afg‘on chegarasini faqat bir yo‘nalishda kesib o‘tish mumkin – O‘zbekiston tomoniga. Respublika fuqarolari va biznes-vizaga ega bo‘lganlar bu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Termizdan Afg‘onistonga o‘tish hozircha vaqtincha to‘xtatilgan.
Chegara yaqinidagi qishloqlarda harbiylar navbatchilik qilmoqda. Ular hududni qo‘riqlab, aholi orasida mish-mishlar va vahima tarqalmasligi uchun tushuntirish ishlarini olib borishmoqda. Umuman olganda, Termizning o‘zida va uning atrofida vaziyat barqaror.
17 avgust kuni ertalab chegara oldida o‘ndan ziyod avtobuslar borligi kuzatilgan. Mahalliy aholining aytishicha, avtobuslarni qochoqlarni evakuatsiya qilish uchun yuborgan bo‘lishlari mumkin, boshqalar esa ularda chegarada navbatchilik qilayotgan harbiylar olib kelinayotgani yoki olib ketilayotganini taxmin qilmoqda.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKolonna avtobusov v rayone uzbeksko-afganskoy granisi
Kolonna avtobusov v rayone uzbeksko-afganskoy granisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Kolonna avtobusov v rayone uzbeksko-afganskoy granisi
Sputnik manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filialida besh afg‘on davolanmoqda, ular orasida samolyotlar bilan bo‘lgan voqeada jabrlaganlar bor.
Termizning o‘zida odatdagi hayot davom etmoqda. Shaharda do‘konlar, bozorlar va barcha muassasalar ishlamoqda. Yo‘llardan hech qanday post yoki boshqa maxsus choralar yo‘q.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTermez
Termez - Sputnik O‘zbekiston
1/5
Termez
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane
Povsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
2/5
Povsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane
Povsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
3/5
Povsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane
Povsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
4/5
Povsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPovsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane
Povsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Povsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane
1/5
Termez
2/5
Povsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane
3/5
Povsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane
4/5
Povsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane
5/5
Povsednevnaya jizn v Termeze na fone situatsii v Afganistane
O‘zbekistonda xavfsizlik masalasi ravshan bo‘lsa, janubiy qo‘shnilarda hokimiyat almashishi ortidan tashqi savdo va tranzit istiqbollari qator savollarni keltirib chiqaradi. Sputnik muxbiri bilan suhbatda bo‘lganlar bu borada optimistik kayfiyatda ekanliklarini bildirishdi.
Yuk tashish va logistik masalalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Termez Kargo Sentr” direktori Nodirbek Jalilovning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda hukumat o‘zgargandan keyin savdo aloqalari, hoynahoy, tezda tiklanadi.
Samolet afganskix VVS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Mudofaa vazirligi O‘zbekiston hududida afg‘on Qurolli kuchlari samolyoti qulaganini tasdiqladi
“Amaldorlar va boshqa davlat xodimlari ishga chiqishi uchun bugundan toliblar afv e’lon qilishdi. O‘ylaymanki, tez orada banklar ishlay boshlaydi va bizning ishimiz bu yo‘nalishda to‘laqonli tiklanadi. Boz ustiga Tojikiston tomonidan (Afg‘onistonga) yuk tashish allaqachon qayta tiklandi. O‘ylaymanki, jiddiy qiyinchilik bo‘lmaydi. Qolaversa, oldingi hukumatga qaraganda toliblar bilan ishlash osonroq bo‘ladi, chunki korrupsiyaviy to‘siqlar kam bo‘ladi”, - deya tushuntiradi Jalilov.
Siyosiy o‘zgarish tranzit biznesiga hali unchalik kuchli zarba bergani yo‘q, chunki talab yuqori bo‘lgan tovarlar mavsumi kelganicha yo‘q. Gap birinchi navbatda endi pishib yetilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqida bormoqda.
“Afg‘oniston orqali bizning tranzitimiz ko‘p (Rossiya, Qozog‘iston tovarlari). Qurilish mahsulotlarining Afg‘oniston uchun maxsus narxi yo‘q, shu bois ishlab chiqaruvchilarimizga ularni mamlakat ichida sotish foydaliroq. O‘z navbatida Afg‘oniston orqali orqaga Pokistondan yuk olib kelinadi – bular asosan sitrus va shakar”, - deya aniqlik kiritdi Jalilov.
Afg‘onistonda hukumat o‘zgarishining faol bosqichiga qadar yuk aylanmasi 5 million tonnagacha yetardi. Hozir biroz sustlik kuzatilmoqda, lekin, logistik kompaniya vakilining ta’kidlashicha, katta qulash yo‘q.
“Har qanday holatda ishimiz davom etmoqda, axir biz nafaqat Afg‘oniston, balki Tojikiston bilan ham ishlaymiz. Ichki yuklar, bojxona-omborxona ishlari bor”, - deydi u.
Jalilov vaziyat sentabrdayoq o‘z iziga tushishiga umid bildirmoqda. O‘shanda afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha tranzitning to‘laqonli tiklanishini kutish mumkin.
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2021
Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashishi ortidan chegara oldidagi Termiz qanday hayot kechirmoqda
Agentlikning yana bir suhbatdoshi o‘zbek-afg‘on kelajagi, jumladan, infratuzilma loyihalari borasida yaxshi rivojlanishini qayd etdi.
Voqeadan xabardor manbaning ta’kidlashicha, o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan qurilgan Termiz – Mozori Sharif temir yo‘liga yangi hukumat davrida ham talab yuqori bo‘ladi. Hozirda magistralni Hirotgacha tortib borish rejalari mavjud. Uning fikricha, “Tolibon”*ga Afg‘onistonning shimoliy hududlari O‘zbekiston bilan yuk aloqalariga ega bo‘lishi muhim.
Avtoyo‘llar yaxshi holatda emasligi, mamlakat janubida logistik quvvat haminqadar ekanini inobatga olib, bunday strategik yo‘nalishlardan Afg‘onistondagi yangi hukumat manfaatdor bo‘ladi.
Boyeviki Talibana v prezidentskom dvorse v Kabule, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Toliblar Afg‘onistonni qanday boshqaradi - islomshunos fikri
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0