AQSh Qobuldan ko‘tarilgan samolyot shassisida odam qoldiqlari aniqlanganini tasdiqladi

© AFP / SHAKIB RAHMANIAfgansi v aeroportu v ojidanii vileta iz Kabula
Afgansi v aeroportu v ojidanii vileta iz Kabula  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Obuna bo‘lish
AQSh HHK Qobuldan ko‘tarilgan samolyot shassi bo‘lmasida inson tanasi qoldiqlari topilishi bilan bog‘liq holatni o‘rganmoqda
TOShKENT, 18 avg - Sputnik. AQSh Harbiy -havo kuchlari Qobul aeroportida amerika transport samolyotining uchishi paytida odam halok bo‘lganligi ehtimolini tekshirmoqda. Tegishli bayonot Amerika harbiy havo kuchlari tomonidan tarqatildi.
Tergov boshlanishiga samolyotning qo‘nish moslamasi bo‘lmasida odam qoldiqlari topilgani sabab bo‘lgan.
Davka i panika: kak lyudi shturmuyut aeroport Kabula v nadejde ubejat iz Afganistana
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Ur-yiqit, vahima: Afg‘onistondan qochib ketish ilinjidagilar Kobul aeroportiga hujum qilmoqda
Sal avval ijtimoiy tarmoqlar va dunyo telekanallarida Qobuldagi afg‘onlar uchish--qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab tezlikni oshirayotgan samolyot bilan barobar yugurishayotgani, samolyot fuzelyajiga yopishib, ehtimol, katta balandlikdan tushib ketayotgani tasvirlangan roliklar namoyish etilgan va bu turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Ushbu videoroliklar bilan bir qatorda, tergovchilar, samolyot Qatardagi aviabazada qo‘nganidan so‘ng shasse bo‘lmasida aniqlangan inson tana qoldiqlari holatini ham o‘rganishadi.
Afganskie bejensi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2021
Afg‘oniston amirlikka aylanyapti: Rossiya va AQShning bunga munosabati farq qilmoqda
Dushanba kuni Qobul aeroportida bortida chet el diplomatik missiyalari bo‘lgan vertolotlarning son-sanoqsiz uchish-qo‘nishlari tufayli katta tartibsizlik hukmron edi. Afg‘onlarning aksariyati mamlakatni tark etish ilinjida aeroportga kelib, nafaqat bino, balki samolyotlarni ham shturm qila boshlashdi.

AQSh javobgarlikni o‘zidan sokit qildi

Pentagon va Davlat departamenti rasmiylari bayonotida qayd etilishicha, amerikaliklar Kobul aeroportidagi tartibsizliklar uchun "Tolibon"* (Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot)ni ayblamaydilar, biroq o‘zlarini ham yuz bergan voqealarga aloqador, deya sanamaydilar.
Bivshiy prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Tramp Baydenni sharmandalarcha iste’foga chiqishga chaqirdi
Harbiy idora matbuot-kotibi Jon Kirbi Qobul aeroportida dushanba kuni yuz bergan hodisalar "sharmandalik emasdi", deya qayd etdi.
Davlat departamentining rasmiy vakili Ned Prays, o‘z navbatida, Qobul aeroportidagi tartibsizliklar "idoradagi barcha xodimlar qalbida achinish hissini uyg‘otganini" ta’kidladi.

Afg‘onistondagi vaziyat

Bir necha hafta oldin, Amerika kontingenti Afg‘onistondan chiqarilishi fonida mamlakatdagi vaziyat keskin yomonlashdi: toliblar katta shaharlarga hujumni boshladi. Yakshanba kuni ular Qobulni to‘liq nazoratga oldi va mamlakatda hokimiyatni egallashdi. Mamlakatning sobiq prezident Ashraf G‘ani qochib ketdi.
Sotni lyudey sobralis vozle transportnogo samoleta C-17 VVS SShA na perimetre mejdunarodnogo aeroporta v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Odamlarning samolyotdan qulab tushishida amerikaliklar aybdor - Tolibon* vakili
"Tolibon"* siyosiy idorasi (Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot) matbuot-kotibi Muhammad Naim 20-yil davom etgan urush tugaganini va tez orada yangi boshqaruv shakli aniq bo‘lishini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih prezident yo‘qligida u vaqtinchalik davlat rahbari ekanligini aytdi. Afg‘oniston armiyasining alohida bo‘linmalari toliblarga qarshi janglar olib bormoqda.

AQShning "hayratlanarli" muvaffaqiyatsizliklari

Afg‘oniston davlatchiligini rekonstruksiya qilishda Vashington "hayratlanarli" xatoliklarga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda AQShning respublikani qayta tiklash bo‘yicha bosh inspektori Jon Sopko hisobotiga tayangan holda Fox News xabar qildi.
Situatsiya v Afganistane posle smeni vlasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2021
Toliblar ommaviy afv e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi
AQSh hukumati davlatchilik qurilishi uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini yetarlicha baholay olmadi.
Jon Sopko fikricha, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonning "ijtimoiy landshaftini" tushuna olmagan.
Yangiliklar lentasi
0