Iqtisod

Bayramga sovgʻa: aqlli tizimga ega "Kamolot" va "Zarchob-2” GESlari ishga tushirilmoqda

© Press slujba "Uzbekgidroenergo"V Surxandarye vveli v stroy maluyu GES "Zarchob-1"
V Surxandarye vveli v stroy maluyu GES Zarchob-1 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
"Oʻzbekgidroenergoqurilish" AJ direktori Said Yusupovning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda 2017 yilgacha jami GESlar soni 36 ta boʻlgan boʻlsa, 2021 yilga kelib bu koʻrsatgich mikro-GESlarni qoʻshib hisoblaganda 49ga yetkazildi.
TOSHKENT, 18 avg - Sputnik. Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida "Zarchob-2" va "Kamolot" GESlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Hozirda GESning asosiy qurilish ishlari yakuniga yetgan boʻlib, oxirgi montaj-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar bermoqda.
Kuni kecha Toshkent viloyatida yangidan bunyod etilayotgan "Kamolot" GESiga jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi. oAV vakillari olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Chlen Senata Oliy Majlisa Uzbekistana, predsedatel pravleniya AO Uzbekgidroenergo Abdugani Sanginov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.04.2021
Iqtisod
Sentyabr oyida “Zarchob-2” kichik GESini topshirish koʻzda tutilmoqda - Sanginov
Mutaxassislar ishtirokida boʻlib oʻtgan ochiq muloqot davomida GES qurilishi bilan bogʻliq barcha savollariga javob olishdi.
"Oʻzbekgidroenergoqurilish" AJ direktori Said Yusupovning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda 2017 yilgacha jami GESlar soni 36 ta boʻlgan boʻlsa, 2021 yilga kelib bu koʻrsatgich mikro GESlarni qoʻshib hisoblaganda 49 ga yetkazilgan. “Zarchob-2” va “Kamolot” GESlari ishga tushsa yuqorida keltirilgan koʻrsatgich qariyb 51 taga yetadi.

"Bugungi kunda Toshkent viloyatida qurilayotgan koʻplab GESlarimizdan biri Chirchiq shahrida barpo etilayotgan, Chirchiq-Boʻzsuv traktida joylashgan yangi “Kamolot” GESidir. Ushbu GESning qurilish ishlari Oʻzbekiston prezidentining 2018 yil 4 yanvardagi qarori asosida, umumiy qiymati 22,6 mln dollarga teng, quvvati 8.6 MVt ni (2.15 MVtdan boʻlgan 4ta kapsula tipidagi gidroagregatdan iborot) tashkil etadi. Mazkur GESda ilk bor tajriba sifatida "kapsula" usulidagi gidroagregatlar oʻrnatiladi", - deydi Yusupov.

Mazkur GESning qurilish ishlari energetika obʼyektlarini qurish va modernizatsiya qilish borasida yirik tajribaga ega boʻlgan, “Oʻzbekgidroenergo” AJ tizim tashkiloti “Oʻzbekgidroenergoqurilish” kompaniyasi tomonidan, loyiha ishlari “Gidroproyekt” AJlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Hozirda GESning asosiy qurilish ishlari yakuniga yetgan boʻlib, oxirgi montaj-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Roseksimbank i Uzbekgidroenergo podpisali soglasheniye  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2021
Rossiya banki Oʻzbekistonda GESlar qurilishini moliyalashtiradi
Ushbu GESning asosiy uskuna va jihozlari Xitoyning "Dongfang Electric Corporation" kompaniyasi hamda "Andridz gidro" tomonidan yetkazib berildi.
GESning afzalliklaridan biri avtomatik, aqlli, xafvsiz boshqaruv tizimiga ega.
“Kamolot” GESini oʻz vaqtida topshirish uchun ishlar tartibli va karantin qoidalari talablari asosida olib borilmoqda.
Mazkur GES Mustaqillik bayramining 30 yilligiga xalqimizga munosib tuhfa sifatida topshiriladi, deya taʼkidladi oʻz soʻzi yakunida Yusupov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala