Jamiyat

Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi

Deti na progulke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
2021 yil 1 sentyabrdan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi oʻrniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi (bolalar nafaqasi) joriy etiladi.
TOSHKENT, 18 avg – Sputnik. Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi, bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanalida xabar berildi.
Qonunchilikka muvofiq 2021 yil 1 sentyabrdan:
- 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi oʻrniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi (bolalar nafaqasi) joriy etiladi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Iqtisod
Sentyabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda
Bolalar nafaqasini tayinlashda:
- inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
- toʻlov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;
- uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qoʻllaniladi.
Bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
* 250 000 soʻm – 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun, 325 000 soʻm – yoshi 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzandi uchun;
* 150 000 soʻm – oilaning ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha;
* 100 000 soʻmdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.
Yakka-yolgʻiz boʻlgan fuqarolarga, farzandi boʻlmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.
Moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 soʻm etib belgilanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala