Siyosat

Mirziyoyev va Merkel fuqarolarni Afgʻonistondan evakuatsiya qilishni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Germaniya fuqarolarini Afgʻonistondan Oʻzbekiston hududi orqali tranzit yoʻli bilan Germaniyaga evakuatsiya qilish masalasi muhokama qilindi.
TOSHKENT, 18 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan telefon orqali muloqot qildi.
Oʻzbekiston rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, suhbatda yetakchilar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni koʻrib chiqdilar hamda Afgʻonistondagi voqealarning rivojlanishi nuqtai nazaridan mintaqadagi joriy vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston Germaniyaga Afgʻonistondan odamlarni evakuatsiya qilishda yordam bermoqda
Ushbu mamlakatda keskinlik va zoʻravonlikning avj olishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, afgʻon mojarosini siyosiy yoʻl bilan tartibga solishni xalqaro hamjamiyat tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalalarida ikki mamlakatning pozitsiya va yondashuvlari mos ekani alohida taʼkidlandi.
“Fuqarolarni Afgʻonistondan aviatsiya transportida Oʻzbekiston hududi orqali tranzit yoʻli bilan Germaniyaga evakuatsiya qilish boʻyicha gumanitar operatsiyalarni amalga oshirishda yaqindan muvofiqlashuvni va faol idoralararo hamkorlikni davom ettirish muhim ekani qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, mintaqadagi vaziyatning yanada rivojlanishi boʻyicha oliy va yuqori darajadagi muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Kecha Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan ham Afgʻonistondan Germaniya fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalarini muhokama qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala