Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

OAV: Polsha Afgʻonistondan odamlarni Navoiy orqali evakuatsiya qiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishAeroport Kaliningrad (Xrabrovo) imeni imperatritsы Yelizavetы Petrovnы
Aeroport Kaliningrad (Xrabrovo) imeni imperatritsы Yelizavetы Petrovnы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Avvalroq Navoiy aeroportiga Polshaning LOT aviakompaniyasining samolyoti qoʻngani haqida xabar tarqatgan edi.
TOSHKENT, 18 avg – Sputnik. Afgʻonistondan qochoqlarni evakuatsiya qilish Oʻzbekistonning Navoiy shahridagi aeroport orqali amalga oshiriladi. Bu haqda RIA Novosti oʻzining anonim manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Avvalroq “Novosti Tashkentskogo neba” telegram kanali Navoiy aeroportiga Polshaning LOT aviakompaniyasining Boeing 787 samolyoti qoʻngani haqida xabar tarqatgan edi. Bundan tashqari, Kobuldan Navoiyga Polsha HHK samolyoti yoʻl olmoqda.
RIA Novosti manbasi bu maʼlumotni tasdiqlagan.
“Ha, Afgʻonistondan Navoiyga evakuatsiya qilingan fuqarolar bugun LOT bortiga minishadi”, - degan agentlik manbasi. Shu bilan birga, evakuatsiyaga oid boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.
Avvalroq Polsha TIV Afgʻonistondan boʻlgan birinchi 50 nafar qochoqlar yaqin orada Polshaga Oʻzbekiston orqali yetib kelishini xabar qilgandi. Evakuatsiya qilinganlar orasida bir nafar Polsha fuqarosi bor, qolganlari polyak harbiy kontingentining Afgʻonistondagi ishi vaqtida yordam bergan afgʻonlar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Siyosat
Mirziyoyev va Merkel fuqarolarni Afgʻonistondan evakuatsiya qilishni muhokama qildi
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Germaniyaga Afgʻonistondan odamlarni evakuatsiya qilishda yordam bermoqda. Buning uchun Toshkentda alohida terminal ajratilgan.
Evakuatsiya qilinganlarning barchasi Germaniyaga ketgunga qadar aeroport tranzit hududida boʻlishadi.
Situatsiya na granitse Uzbekistana i Afganistana v rayone goroda Termez - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston hududida bir necha yuz afgʻon qochoqlarini joylashtirdi – manba
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala