Iqtisod

Oʻzbek-qirgʻiz taraqqiyot fondi: Japarov bitimni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida qonunni imzoladi

© Pravitelstvo Kыrgыzskoy respublikiFlagi Uzbekistana i Kыrgыzstana
Flagi Uzbekistana i Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Sadir Japarov bitimni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida qonunni imzoladi
TOSHKENT, 18 avg — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov oʻzbek-qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida bitimni ratifikatsiya qilish haqida qonunni imzoladi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.
Jamgʻarma iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida oʻzini-oʻzi oqlaydigan loyihalarga investitsiya kiritish rejalashtirilgan.
Denejnыe kupyurы: dollarы SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Iqtisod
Oʻzbek-qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasi - Qirgʻiziston hukumati tafsilotlarni oshkor qildi
Qonun asosiy maqsadi ratifikatsiya qilish uchun ichki tartib -qoidalarni bajarishdir. Bitim ikki mamlakat hukumatlari tomonidan mart oyida imzolangandi.
Ustav kapitali 50 million dollarni tashkil qiladi, mablagʻni Oʻzbekiston kiritadi. Bu miqdorni 200 million dollargacha oshirish kutilmoqda.
Jamgʻarma quyidagi sohalarda investitsiya berish koʻzda tutilgan: agrosanoat kompleksi; tikuvchilik va toʻqimachilik sanoati; ishlab chiqarish sanoati; kon-metallurgiya sanoati; transport; uy-joy qurilishi; savdo; tadbirkorlikni rivojlantirish; energetika kompleksi; infratuzilmani rivojlantirish; turizmni rivojlantirish.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala