O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot fondi: Japarov bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qonunni imzoladi

© Pravitelstvo Kirgizskoy respublikiFlagi Uzbekistana i Kirgizstana
Flagi Uzbekistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
Obuna bo‘lish
Sadir Japarov bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qonunni imzoladi
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida bitimni ratifikatsiya qilish haqida qonunni imzoladi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Jamg‘arma iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida o‘zini-o‘zi oqlaydigan loyihalarga investitsiya kiritish rejalashtirilgan.
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2021
O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi - Qirg‘iziston hukumati tafsilotlarni oshkor qildi
Qonun asosiy maqsadi ratifikatsiya qilish uchun ichki tartib -qoidalarni bajarishdir. Bitim ikki mamlakat hukumatlari tomonidan mart oyida imzolangandi.
Ustav kapitali 50 million dollarni tashkil qiladi, mablag‘ni O‘zbekiston kiritadi. Bu miqdorni 200 million dollargacha oshirish kutilmoqda.
Jamg‘arma quyidagi sohalarda investitsiya berish ko‘zda tutilgan: agrosanoat kompleksi; tikuvchilik va to‘qimachilik sanoati; ishlab chiqarish sanoati; kon-metallurgiya sanoati; transport; uy-joy qurilishi; savdo; tadbirkorlikni rivojlantirish; energetika kompleksi; infratuzilmani rivojlantirish; turizmni rivojlantirish.
Yangiliklar lentasi
0