Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekiston hududida bir necha yuz afgʻon qochoqlarini joylashtirdi – manba

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Situatsiya na granitse Uzbekistana i Afganistana v rayone goroda Termez
Situatsiya na granitse Uzbekistana i Afganistana v rayone goroda Termez - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Afgʻonistonda hukumat toliblar qoʻliga oʻtgach, mamlakatning minglab fuqarolari qoʻshni davlatlarga qochib oʻtishga urinmoqda. Oʻzbekiston chegarasini ham noqonuniy kesib oʻtishga urinish holatlari kuzatildi.
TOSHKENT, 18 avg – Sputnik. Oʻzbekiston chegara yaqinidagi chodirli lagerga 150 nafar afgʻon qochoqlari, jumladan, 17 ayol va bolalarni joylashtirdi. Bu haqda Sputnik agentligiga voqeadan xabardor manba maʼlum qildi.
Manbaning soʻzlariga koʻra, lager qoʻriqlanmoqda hamda yordamga muhtoj boʻlganlarga yordam berish uchun tibbiyot xodimlari ishlamoqda.
Joylashtirishdan avval ularning bari koronavirusga test topshirgan. Kasallanganlar aniqlanmagan. Taʼkidlanishicha, qochoqlar uchun yaxshi ovqatlanish uchun sharoitlar yaratilgan, zaruriy buyumlar berilmoqda. Bu odamlarning qancha muddatga qolishi va keyingi taqdiri haqida maʼlumot hozircha maʼlumot berilmagan.
Termez - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Analitika
Afgʻoniston orqali savdo va tranzit: toliblar davrida nima boʻladi – Termizdan nazar
Bundan tashqari, manba maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga samolyot bilan kelgan taxminan 650 nafar afgʻon armiyasi harbiy xizmatchilari ham mahalliy harbiy poligon yaqinidagi kovid markazga vaqtinchalik joylashtirilgan.
Avvalroq Oʻzbekiston TIV 14 avgust kuni 84 nafar Afgʻoniston harbiy xizmatchilarini qabul qilganini maʼlum qilgan edi. Shu bilan birga, Termiz-Hayraton koʻprigining Afgʻoniston qismida Afgʻoniston hukumat kuchlarining harbiy xizmatchilari toʻplangani qayd etilgan. Keyinroq 15 avgust soat 10.00 holatiga koʻra, Termiz-Hayraton koʻprigi hududida vaziyat yumshagani, xususan, koʻprikda toʻplangan Afgʻoniston fuqarolarining asosiy qismi hududni mustaqil ravishda tark etgani xabar qilingan edi.
Davka i panika: kak lyudi shturmuyut aeroport Kabula v nadejde ubejat iz Afganistana
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Video
Ur-yiqit, vahima: Afgʻonistondan qochib ketish ilinjidagilar Kobul aeroportiga hujum qilmoqda
Rasmiy Toshkent 17 avgust kuni yana bir bor davlat chegarasini buzishga boʻlgan har qanday urinishlar keskin ravishda bartaraf etilishini eslatdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala