Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus boʻyicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda – Atabekov

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov
Zamnachalnika Slujbы sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya i obщestvennogo zdorovya (SES) Uzbekistana Nurmat Otabekov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Oʻzbekistonda koronavirus boʻyicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda - Atabekov.
TOSHKENT, 18 avg — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus boʻyicha vaziyat murakkabligicha saqlanib qolmoqda, deb aytdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining oʻrinbosari Nurmat Atabekov Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga.
Ammo oxirgi uch kun ichida kasallik pasayishi tendentsiyasi kuzatilmoqda.

Vaziyatni barqarorlashtirish uchun bizda ikkita yoʻl bor. Biri kasallanib, antitanachalar hosil boʻlishi, ikkinchisi vaktsina olish. Kasallanish bu tahlikali, xavotirli yoʻl boʻlgani uchun, emlash yoʻlini tanlashimiz toʻgʻri boʻladi.

Nurmat Atabekov - Direktor Nauchno-issledovatelskogo instituta epidemiologii, mikrobiologii i infektsionnыx zabolevaniy  - Sputnik Oʻzbekiston
Nurmat Atabekov
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻining oʻrinbosari
Atabekov shuningdek, bugungi kunda mamlakatda kuzatilayetgan vaktsinalar yetishmovchiligi kabi muammoga toʻxtalib, bugungi kunda bor harakatlar vaktsinalar taʼminotida uzilishlarning oldini olishga qaratilganini qayd etdi.
Respublika boʻyicha roʻyxatga olingan kasalliklarning yoshma-yosh tahlili: 14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtacha 13 foizni, 15-19 yoshdagilar besh foizni, 20-29 yoshdagilar 18 foizni, 50-59 yoshdagilar 13 foizni, 60 yosh va undan kattalar 14 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, epidemiologik monitoring natijalariga koʻra, respublikada 2021 yil 1 apreldan 16 avgust kuniga qadar koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarning 266 nafari ushbu kasallik bilan qayta kasallangani aniqlangan.
Medik gotovit shprits s vaktsinoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.07.2021
Jamiyat
Oʻzbek-xitoy vaktsinasi: Otabekov internetda tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi
Ayni damda Nurafshon shahrida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani boshlandi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekov hamda viloyatning soha mutasaddilari ishtirok etyapti.
Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi orasida koronavirus kasalligiga qarshi ommaviy emlash jarayonlari borasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda salbiy muhokamalarga sabab boʻlayotgan joylardagi muammolar yuzasidan maʼlumot berilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala